Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Fanlarni o‘zlashtira olmaslik
– o‘quvchi tomonidan qayd etilgan 
natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi. 
“Fokal ob’ektlar” metodi 
(asoschisi – Charlz Vayting; ing. “focal“ – 
“o‘zak”, “manba”, “o‘choq”) – turli ob’ektlarga xos bo‘lgan belgilarni birgina 
predmetda aks etishiga erishish imkonini beradigan metod.
Shaxs
– jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari, 
xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega azosi. 
Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi 
– o‘quvchining axloqiy fazilatlar, 
mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining muayyan 
ko‘rsatkichi. 
Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi – 
o‘quvchining muayyan 
darajada axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga 
egaligining o‘lchovi. 
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasini tashxislash – 
u tomonidan 
o‘quv fanlarini o‘zlashtirish asosida uning fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual 
salohiyatining muayyan pog‘onaga egaligini, holatini tahlil qilish hamda baholash. 
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasi – 
shaxs fikrlash qobiliyati, 
tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onasi, holati. 
Shkalalash
– boshlang‘ich amaliy natijalarni shkalali baholashga o‘tkazish 
yo‘li bilan tartiblashga qaratilgan harakat.
Shkala
– muayyan raqamli tizimga ularni joylashtirish yo‘li bilan ob’ektlar 
xususiyatlarini o‘lchash natijalarini qayd qilish vositasi bo‘lib, bunda alohida 


224
natijalar o‘rtasidagi munosabat tegishli raqamlarda ifodalanadi
136
. Tartiblash 
jarayonida kuzatilgan natijaning shkaladagi mavjud holatiga ko‘ra har bir 
tanlangan elementiga muvofiqlik asosida ball (shkalali indeks) beriladi. 
E

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin