Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

V. Intervyu metodi.
Pedagogik diagnostikada qo‘llaniladigan tashxislovchi 
metodlar orasida 
intervyu metodi
ham muhim ahamiyatga ega. 
Intervyu metodi  respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish 
orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning 
biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish 
metodi.
Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida 
o‘tkaziladi. Metodning samarali qo‘llash uchun o‘qituvchi yoki mutaxassis 
quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur:
intervyu olinadigan o‘quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan 
holda puxta shakllantirishi lozim;
intervyu jarayonida o‘quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga 
imkon berishi zarur;
o‘quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga 
nasihat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan 
munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi
42

Anketa_metodi'>VI. Anketa metodi. 
Tashxislovchi yozma metodlar sirasiga 
anketa metodi
kiritilgan. 
Anketa metodi (fr. “enquete” – surishtirish, ma’lumot olish, tekshirish) 
 pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadida 
qo‘llanilib, tizimli savollar yordamida respondentlar bilan muloqotni 
tashkil etishga asoslanadigan metod.
41
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. 
– Наманган: НамДУ, 2014. – 172-173-б.
42
Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 
103-б.


41
Pedagogik 
diagnostikada 
tashxislovchi 
vosita 
sifatida 
anketadan 
foydalaniladi.
Anketa – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-
pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov 
vositasi.
 
Mazkur metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan 
dalillar boyitiladi. Muloqot tizimli savollar asosida tashkil etiladi. Savollarga 
javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan 
kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan 
savollar)ga ega anketa;
2) yopiq savollar (“ha”, “yo‘q”, “ijobiy”, “salbiy” va hokazo javob 
variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketa. 
Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini 
inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish 
manbaiga aylanmasligi zarur;
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart
43


Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin