Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

6-bosqich: statistik tahlil. 
Tashxislash yoki tadqiqot jarayonida o‘qituvchi 
yoki tadqiqotchi tomonidan pedagogik amaliyot tavsiya qilinayotgan metodika 
yoki texnologiya sinovdan o‘tkaziladi. Taqdim qilinayotgan metodika yoki 
texnologiya tashxislanayotgan (o‘rganilayotgan) holatni sifat jihatidan yuqori 
darajaga ko‘tara olishi zarur. Metodika yoki texnologiyaning samaradorligi tajriba 
sinovidan avvalgi va ular qo‘llanilgandan keyingi holat natijalari asosida tahlil 
qilinib, baholanadi. Mana shu o‘rinda statistik tahlil amalga oshiriladi. 
Bunda boshlang‘ich (H
0
; mavjud holatning qoniqarsiz ekani haqidagi) ilmiy 
faraz hamda muqobil (H
1
; pedagogik amaliyot uchun taqdim etilayotgan metodika 
yoki texnologiyaning samarali ekani to‘g‘risidagi) ilmiy farazga ko‘ra olingan 
natija ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilinadi.
Statistik tahlil mohiyatiga ko‘ra boshlang‘ich (H
0
) ilmiy faraz inkor qilinib, 
muqobil (H
1
) ilmiy faraz o‘z tasdig‘ini topishi zarur. Tahlil natijasida, bordi-yu, 
boshlang‘ich (H
0
) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda taqdim etilgan metodika yoki 
texnologiyani pedagogik jarayonda qo‘llash samarasiz ekani oydinlashadi. Agarda, 
muqobil (H
1
) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda pedagogik amaliyot uchun taqdim 
qilingan metodika yoki texnologiya samarali deb topiladi.
7-bosqich: natijalarni talqin qilish (izohlash) va taqdim etish.
Bu jarayon 
pedagogik tadqiqot yoki tashxislashning eng murakkab bosqichi sanaladi. Zero, 
ma’lumotlarga asoslangan holda tashxislash yoki tadqiqot natijalari yuzasidan 
muayyan xulosaga kelish o‘qituvchi yoki tadqiqotchi uchun mas’uliyatli 
jarayondir
50
.
Natijalarni talqin qilish (izohlash)ning 
asosiy maqsadi
– qayta ishlangan 
ma’lumotlarning asosiy xususiyatlarini aniqlash va tuzatish, ularga tayangan holda 
holatning mohiyatini tushuntirish, shuningdek, xulosalarni shakllantirish mumkin 
bo‘ladi. 
50
Шкалы измерений // https://studme.org/170818/pedagogika/shkaly_izmereniy.


49
Ma’lumotlarni statistik qayta ishlashda ularning xolis talqin qilishda 
o‘qituvchi yoki tadqiqotchining ilmiy-tadqiqotni olib borish malakasi, bilimi, 
tahlil va qarorlar qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishi muhim.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin