Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Grafik kompozisiya – grafikning barcha elementlaridan iborat 
kombinatsiya.
O‘qish va tushunishni osonlashtiradigan grafik diqqatni jalb qilishi kerak. 
Grafik kompozisiyaning muhim jihati grafikning dizayni badiiy va estetik 
ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minlashdir. 
Odatda grafiklarni yaratishda muayyan shartlarga rioya qilinadi. Ular: 
grafikda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar raqamlarda ifodalanadigan statistik 
ma’lumotlar orasidan sinchkovlik bilan tanlab olinishi lozim (tadqiqotga oid 
barcha ma’lumotlar ham grafik ko‘rinishida ifodalanmasligi kerak); 
olingan ma’lumotlarni o‘zida o‘ta aniqlik bilan aks ettiradigan grafik turini 
tanlash maqsadga muvofiqdir; 


50
jadvalning nomi aniq va to‘liq ifodalanishi, asosiy mazmunni o‘zida aks ettira 
olishi kerak; qolaversa, zarur bo‘lganda qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar 
berilishi lozim; 
yozuv (qayd)lar yoki izohlar, odatda, diagrammaning pastki qismida yoki 
o‘ng tomoniga joylashtiriladi; 
o‘lchov raqamlari diagrammaning chap qismi va pastida yoxud o‘qlar bo‘ylab 
qo‘llanilishi kerak. Diagrammaning yotiq (gorizontal) shkalasi (abssissa – 
bo‘lingan nuqtalar bo‘ylab) chapdan o‘ngga, tik (vertikal) shkalasi esa (ordinata
nuqtaning tekislik yoki fazodagi vaziyatini ko‘rsatuvchi koordinata bo‘ylab) – 
pastdan yuqoriga qarab qurilishi kerak; 
agar raqamli ma’lumotlar diagrammalarga kiritilmagan bo‘lsa, ularni 
jadval ko‘rinishida yonma-yon ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir; 
koordinata panjarasining zichligi optimal bo‘lishi kerak, grafikni o‘qishga 
to‘sqinlik qilmasligi kerak; 
diagrammada qo‘llaniladigan ranglar turi uchtadan oshmasligi lozim; 
agar grafiklar bir qator kuzatuvlarni ifodalasa, alohida kuzatishlarga mos 
keladigan barcha nuqtalarni aniq belgilash tavsiya etiladi
51


Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin