IV. Diagrammalarning turlari. Tadqiqotlarda diagrammaning bir nechta
turi qo‘llaniladi. Diagrammaning asosiy turlari quyidagilardir:
A. Chiziqli grafik – sonlarda ifodalanadigan ayrim o‘lchovlarning
o‘zgarishlarini (masalan, o‘quv yili davomida bitta sinfda o‘tkazilgan testlarning
o‘rtacha baholaridagi o‘zgarishlari)ni ifodalashga xizmat qiladi.
B. Gistogramma – “Y” o‘qi bo‘ylab guruhning chastota (interval) qiymatlari
ifodalanishi asosida ustun (grafa)larning pog‘onali ifodalanishini ta’minlovchi
grafik turi.
C. Tebranishli ko‘pburchak (yoki chastotali poligon) – chastotali
ko‘pburchak asosida shakllantirilgan gistogramma. Bu turdagi diagrammalar
boshqalardan ko‘pburchakda interval chastotasining markazigacha kamayadi,
gistogrammada chastotalar intervalning barcha chegaralarida teng ifodalanadi.
D. Tebranishlarni jamlovchi grafik (lot. “cumulatio” – yig‘ilgan, jamlangan;
tebranishlar taqsimlanishini jamlovchi grafik) – alohida intervallar jamlanmasining
tebranishini, ya’ni, avvalgi barcha intervallarning har bir interval tebranishiga
qo‘shilib borishini ifodalovchi diagramma.
E. Diagramma – miqdor ko‘rsatkichlarni turli shakldagi maydon (doira,
to‘rtburchak, sektor, silindr, pufakchalar va boshqa)lar ko‘rinishida solishtiradigan
grafik.
F. Grafika – natijalar ma’lumotlarini grafik ko‘rsatishning maxsus turi; bu
chiziq segmentlari (qirralari) bilan bog‘langan nuqtalardan (tepaliklardan) iborat
shakl. Grafik nuqtalari pedagogik jarayonning turli komponentlari, ko‘rsatkichlari,
omillari, o‘ziga xos jihatlarini, shuningdek, ular orasidagi munosabat va aloqalarni
ifodalashi mumkin. Grafika (u model sifatida taqdim qilinishi ham mumkin)
ko‘pincha tajribani bashorat qilishda qo‘llaniladi, Grafika ko‘rsatkichlari
51
Лекция 5. Анализ данных // https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm.
51
ma’lumotlarni umumlashtirish bosqichida yakuniy natijalar bilan o‘zaro
solishtiriladi
52
.