Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
 


60
6-mavzu. Uzluksiz ta’limda pedagogik nazoratni
tashkil qilishning ilmiy asoslari 
Reja: 
1. Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni. 
2. Pedagogik nazorat turlari. 
3. Pedagogik nazorat funksiyalari. 
4. Pedagogik nazorat tamoyillari. 
5. Pedagogik nazoratning psixologik va pedagogik jihatlari.
Tayanch tushunchalar:
nazorat, pedagogik nazorat, pedagogik nazoratning 
tuzilishi, pedagogik nazorat turlari, pedagogik nazorat funksiyalari, pedagogik 
nazorat tamoyillari.
 
I. Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni.
Ta’lim-tarbiya 
jarayonini tashkil qilishda pedagogik nazorat olib borish muhim ahamiyatga ega. 
Binobarin, 
nazorat p
edagogik jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. Nazorat jarayoni o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. 
O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining 
samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini 
o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. 
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda 
o‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan 
tekshirish xarakteriga ega yagona didaktik va metodik tizim.
Nazorat yordamida ta’lim muassasasining rahbariga o‘quvchilarning 
yutuqlarini baholash, bilimlarni o‘zalshtirishdagi muammolarlarni aniqlash, 
rejalashtirilgan, amalga oshirilgan va erishilgan ta’lim darajalari o‘rtasida o‘zaro 
bog‘liqlikni ta’minlash, innovatsion xarakterdagi o‘qitish metodlarining afzalliklari 
va kamchiliklarini anglash, o‘qituvchilarning mehnatini tenglashtirish, shuningdek, 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda boshqa yana bir qagcha vazifalarni hal 
qilish uchun ob’ektiv ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Nazorat qilishda fan mazmunini o‘zlashtirish talablarini standartlashtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni natijalarini 
nazorat qilish mazmuni davlat ta’lim standartlari (DTS)da bo‘lib, unda majburiy 
minimal mazmun va bitiruvchilarning rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar 
bilan belgilanadi. 
Ta’lim natijalarini baholovchi nazorat mazmuni o‘quvchilarning intellektual 
xususiyatlarini 
umumiy 
nuqtai 
nazaridan 
o‘rganishni taqozo qiladi. 
O‘quvchilarning bilim darajasini baholashda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim 
mazmuni va o‘qitish metodlarining puxta o‘zlashtirilganligi ahamiyatidir. 
Nazoratning mazmuni nafaqat o‘qitiladigan va ular o‘qishning natijasi sifatida 
ko‘rishni xohlagan narsani aks ettiradi, balki o‘rganishning ma’lum 


61
ustuvorliklarini belgilaydi. Nazorat jarayonida, ayniqsa nazorat tashqi ko‘rinishda 
bo‘lsa va baholar ta’limda ma’muriy qarorlar qabul qilish uchun ishlatilsa ta’lim 
yutuqlariga qo‘yiladigan talablar muqarrar ravishda o‘qituvchining kundalik ishida 
ko‘rsatma bo‘lib qoladi.
Nazorat va baholovchi faoliyat muayyan tarkibiy asoslarga ega. Ular:
mavzular, bo‘limlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatish orqali tushunchali 
ko‘rsatkichlarni ajratish; 
empirik ko‘rsatkichlarni shakllantirish (savol, topshiriq va boshqalar); 
kutilayotgan natijalarni qo‘lga kiritish jarayonini nazorat qiluvchi modelni 
yaratish; 
nazorat tadbirlarini o‘tkazish; 
model va o‘quvchilarning haqqoniy javoblarini solishtirish; 
baholovchi g‘oyalarni shakllantirish va ular yordamida nazorat yoki baholar 
qo‘yishni davom ettirish yuzasidan qarorlar qabul qilish. 
Qayd etilgan tarkibiy asoslar o‘qituvchining nazorat-baholovchi faoliyatining 
tuzilmasida mavjud bo‘ladi. Pedagogik nazorat an’anaviy vositalar yoki testlardan 
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Nazoratning asosiy mohiyati o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtirilayotgan nazariy bilimlarni amaliyotga izchil tatbiq etilishini 
o‘rganishdir. 
O‘qituvchining nazorat va baholash faoliyati tuzilmasining tarkibiy qismlari 
orasida nazorat mazmunini hamda baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib 
olish muhim hisoblanadi. 
Kundalik o‘quv jarayonida o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning 
o‘zlashtirish natijalarini aniqlash, baholash, tahlil qilish pedagogik nazorat orqali 
amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayon natijalarini aniqlash va o‘lchash jarayoni tekshirish deb 
ham ataladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin