Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


III. Pedagogik nazorat funksiyalari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

III. Pedagogik nazorat funksiyalari. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
pedagogik nazoratni tashkil qilishda muayyan vazifalar hal qilinadi. Sohaga oid 
adabiyotlarda pedagogik nazoratning asosiy funksiyalari quyidagilar ekani 
ko‘rsatilgan (15-rasm): 
Asosiy funktsiyalar 
Rag’batlantirish va rivojlantirish 
Tekshirish
Tashxislash 
Ta’lim berish
Tarbiyalash
Axborot berish 
Qiyoslash 
Bashoratlash 
15-rasm. Pedagogik nazoratning asosiy funktsiyalari 


64
1. Tekshirish funksiyasi.
Bu funksiyasi yakuniy nazoratni tashkil qilinadigan 
asosiy vazifa hisoblanadi. Ta’limni turli darajada boshqarishda uning tarkibiy 
qismlari aniq belgilanadi. Shu sababli ta’lim natijalarini tizimli tekshirishni amalga 
oshirish o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarning holatini 
aniqlashga imkon beradi, shuningdek, ularning ta’lim olishda erishgan yutuqlarini 
baholashda aks etadi. Natijalarni qo‘llash nuqtai nazaridan tekshirish funksiyasi 
ta’lim sifatini boshqarishning boshqa darajalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
2. Tashxislash funksiyasi.
Ushbu funksiya joriy nazoratda to‘liq amalga 
oshiriladi. Tashxislash funksiyasini kuchaytirish, uning ahamiyatini oshirish ta’lim 
sifatini yaxshilashning muhim shartlaridan biridir. Ta’lim olishda o‘quvchilar duch 
kelayotgan qiyinchiliklarining sabablari, bu jarayonga ta’sir qilayotgan omillarni 
tahlil qilish orqali o‘qitishning individual xarakter kasb etishiga erishiladi. Zero, 
har bir o‘quvchi yangi materialni, muayyan bo‘limni o‘rganishda muvaffaqiyatga 
qachonki tegishli bilimlarni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar 
bartaraf etgandan keyingina erisha oladi.
3. Ta’lim berish funksiyasi.
O‘qituvchi tomonidan berilgan savollariga javob 
qaytarish, test topshirig‘i va nazorat ishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 
o‘quvchilar o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash imkkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Shu jarayonda innovatsion xarakterdagi tashxis vositalari va usullar 
yordamida nazoratning tashkil qilinishi esa o‘quvchilar tomonidan bilimlarning 
mustaqil o‘zlashtirilishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Pedagogik testlar bu 
jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin