Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


IV. Pedagogik nazorat tamoyillari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
IV. Pedagogik nazorat tamoyillari. 
Boshqaruv jarayonining yo‘naltiruvchanlik 
va tartibga solish roli o‘qituvchilarning pedagogik jarayonni nazorat qilish va 
baholashga qaratilgan faoliyatiga rahbarlik qiluvchi tamoyillarni belgilab beradi. 


66
Pedagogik nazorat quyidagi ustuvor tamoyillarga muvofiq tashkil qilinadi (17-
rasm): 
1. Ilmiylik va samaradorlik tamoyili.
Pedagogik nazorat ilmiy asosga ega 
g‘oyalar (tamoyillar, metodlar, vositalar, texnologiyalar) yordamida tashkil 
etilsagina uning samaradorligini tasdiqlovchi natijalar haqqoniy sanaladi. 
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonida nazorat ishlarini tashkil etishning 
konseptual (konsepsiya, rahbariy g‘oyalarning mavjudligi) asoslari (etakchi 
g‘oyalari, tamoyillari, mexanizmi, mazmuni, metodikasi, texnologiyasi va 
mezonlari) ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari 
darajasini o‘rganish, tahlil qilish va baholash ham o‘zining sifat mezonlariga ega.
Pedagogik nazoratni tashkil etishda ilmiylik tashxislash yoki tadqiqot 
ma’lumotlarining ishonchlilik mezoniga ko‘ra tasdiqlangan to‘g‘riligi, 
asoslanganligi, shuningdek, haqqoniylik mezoni bo‘yicha tahlil qilingan
belgilangan o‘lchov birliklariga mosligi inobatga olinadi. 
2. Ierarxik tuzilmagan egalik tamoyili.
Mazkur tamoyil pedagogik nazorat 
shakllarini tanlashda bilim, ko‘nikma va malakalarning ierarxiyasini shakllantirish 
zaruriyatini tasdiqlaydi. Ma’lumki, o‘qituvchining bir o‘zi o‘quvchilar tomonidan 
tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining barcha qirralarini birdek qamrab olgan 
holda tekshirish va nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarida yuqori rahbarlik organlari tomonidan tasdiqlangan hamda 
ierarxiyaga asoslangan nazorat jarayoni tashkil etiladi. Pedagogik nazorat 
ierarxiyasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish va baholash 
jarayonida bir qancha sub’ektlarning ishtirok etishini anglatadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin