Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

O‘zlashtirganlik darajasi 
Baho 
Variant I: 1, 2 
“3” 
Variant II: 2, 3, 4 
“4” 
Variant III: 4, 5 
“5” 
Metodikaning afzalligi shundaki, unga ko‘ra o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, 
malakalar (BKM)ning o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi variantlar va baholar 
ko‘rsatkichlarini o‘zlari tanlashi mumkin. Bu degani, ularning o‘zlari o‘qituvchi 
tomonidan taklif etilayotgan topshiriqlarni ham mustaqil tanlaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil tanloviga ko‘ra bajargan ishlarini 
baholab boradi. Uning bu boradagi harakati natijasi quyidagi jadvalda o‘z aksini 
topadi: 
O‘quvchilarning
ismi, familiyasi 
Topshiriqlarning to‘liq va to‘g‘ri bajarilganligi 
Xulosa 
O‘zlashtirganlik darajasi 
 
Farqlash Yodda
saqlash 
Qayta 
yodga 
olish 
Amalda 
qo‘llash 
Ijodiy mahsulotni 
namoyish qilishi 
... 
 


76
III. G.A.Russkiy
69
ning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil 
ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi
o‘zida o‘quvchilar 
tomonidan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash va 
ularning bilish faoliyatini takomillashtirish, to‘g‘rilashga imkon beruvchi 
individual dasturlar loyihasini tuzishdan iborat maqsadni ifodalaydi. 
Bilim – ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, usiz 
maqsadga muvofiq harakatlarni tashkil etish mumkin emas. Bilimlar tizimining 
asosiy vazifasi – borliqning umumiy manzarasini hosil qilish, bilish, amaliy va 
ijtimoiy faoliyat vositasi bo‘lishdan iborat. Didaktikada bilimlar tizimi ikki katta 
guruhga ajratiladi. Ular: 
1)
amaliy bilimlar (tushunchalar, raqamlar, dalillar, tasavvurlar); 
2)
nazariy bilimlar (atamalar, sabab-oqibat aloqalari, qonuniyatlar, qonunlar, 
tamoyillar, nazariyalar).
Murakkablik vektori atamalardan qonunlar va nazariyaga tomon boradi. 
Metodikani qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu 
bo‘yicha bilimlar tizimi tuzilishiing mantig‘ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi. 
Ya’ni: 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin