c) amaliy va nazariy bilimlar; d) texnik va texnologik bilimlar.
Amaliy topshiriq: 1-topshiriq: P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” nomli
metodikasi yordamida o‘quvchilarning turli murakkablik darajasidagi mustaqil
ishlarni bajarish ko‘nikma, malakalariga egallaganlikni aniqlang.
Ko‘rsatma: o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini nazorat qilish va ular
tomonidan turli murakkablikdagi mustaqil ishlarning bajarilish darajasini
baholashda quyidagi jadvaldan foydalaning:
O‘quvchilarning ismi, familiyasi Topshiriqlarning to‘liq va to‘g‘ri bajarilganligi Xulosa O‘zlashtirganlik darajasi Farqlash
Yodda
Saqlash
Qayta
yodga
olish
Amalda
qo‘llash
Ijodiy
mahsulotni
namoyish qilishi
...
Baholash tartibi: O‘zlashtirganlik darajasi Baho Variant I: 1, 2
“3”
Variant II: 2, 3, 4
“4”
Variant III: 4, 5
“5”
O‘quvchilarga taqdim qilinadigan topshiriqlar (“Iqtisodiy bilim asoslari” fani bo‘yicha) 70 : 1.1. “Iste’mol savatchasi”ni zarur mahsulot (tushuncha)lar bilan to‘ldiring. Bu
harakatni quyidagicha amalga oshiring: 1) quyida berilgan zarur mahsulot
(tushuncha)lar orasidan “Iste’mol savatchasi”da bo‘lishi zarur bo‘lgan atamalarni
tanlab oling; 2) tanlab olingan zarur mahsulot (tushuncha)larni savatcha
yonidagi bo‘sh katakka joylashtiring.
70
Набиев Ғ.А. Умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчиларининг иқтисодий муносабатларга
киришиш кўникмаларини ривожлантириш технологиялари (“Иқтисодий билим асослари” фани
мисолида): пед.фанл.бўйича фалс.фанл. (PhD) ... дис. – Наманган: 2021. – 85-87-б.