III. G.A.Russkiy 75 ning “Bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini tashxislash” metodikasi o‘zida o‘quvchilarning manbalar (o‘quv materiali matni,
ilmiy maqola) bilan mustaqil ishlash, har bir o‘quvchining bilish faoliyatini
takomillashtirish (to‘g‘rilash) dasturini loyihalash ko‘nikmalarini o‘zlashtirganlik
darajasini aniqlash maqsadini ifodalaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida
ularga quyidagi mazmundagi mustaqil ishlarni topshiradi:
1)
darslikning ... sahifasidagi matnni o‘qish (o‘quv materiali hajmi 8-10 ta
xatboshidan iborat bo‘lib, ularni o‘rganish uchun 3 daqiqa talab etiladi);
2)
o‘quv materiali bo‘yicha qisqacha konspekt olish;
3)
o‘quv materialining murakkabligidan kelib chiqib, 3 ta savol tuzish;
4)
tuzilgan savollarga javob qisqacha javob qaytarish;
5)
tuzilgan savollarni kartochkada ifodalash;
6)
kartochkalarni sherigi bilan almashtirish;
7)
sherigining savoliga yozma ravishda qisqacha javob yozish;
8)
sherigining javobini baholash.
O‘quvchilar faoliyati natijalarini tahlil qilish chog‘ida o‘qituvchi tomonidan
ularning quyidagi ko‘nikmalarga egaliklari darajasi aniqlanadi:
I qism.
1. O‘quv materialining asosiy mazmunini tushunib olish.
2. O‘quv axaborotini konspekt sifatida qayd qilish.
3. Savol tuzish uchun o‘quv axborotining mohiyatini tushunish.
4. Mazmunli savollarni tuzish.
5. Tuzilgan mazmunli savollarga javob qaytarish.
II qism.
1.
Muammoli savollarni tuzish.
2.
O‘zi yoki sherigi tomonidan tuzilgan muammoli savollarga javob
qaytarish.
3.
Sherigining javobini baholash.
4.
Sherigining javobini to‘g‘rilash yoki unga qo‘shimcha qilish.
5.
Mustaqil ishlash jarayonida vaqtni oqilona taqsimlash.
Tahlil natijalari o‘qituvchi tomonidan jadvalda ifodalanadi. Jadval asosida
o‘qituvchi har bir o‘quvchining yutuqlari hamda mustaqil bilish
darajasini aniqlaydi. Bunda u quyidagi jadval asosida ish ko‘radi:
75
Криллова А.В. Повышение эффективности и качества урока на этапе закрепления материала / http://kirillova.nsknet.ru/metodika-prepodavanija-anglijskogo-jazyka-v/povyshenie-effektivnosti-i- kachestva-uroka.