3. “Oltita rangli qalpoqcha” metodi. Ushbu metod Edvard de Bono
tomonidan taklif etilgan. Metod xayolan turli rangdagi oltita qalpoqchani kiyish
yordamida ijodiy jarayonni tartibga solishga imkon beradi. Turli rangdagi
qalpoqchalar shaxs tomonidan quyidagi harakatlarning tashkil etilishini ifodalaydi:
1) oq qalpoqcha – raqamlar va dalillar tahlil qilinadi;
2) qora qalpoqcha – tegishli masala bo‘yicha faqat salbiy fikrni bildirish;
3) sariq qalpoqcha – muammoning ijobiy tomonlarini izlash;
4) yashil qalpoqcha – yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, ilgari surish;
5) qizil qalpoqcha – muammo yuzasidan o‘zining hissiy kechinmalarini bayon
qilish;
6) yashil qalpoqcha – natijalarni umumlashtirish
81
.
4. “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi. Muallifi Fris Svikki
bo‘lgan “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi o‘z
mohiyatiga ko‘ra
tanlangan ob’ekt unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha
tarkibiy qismlarga ajratiladi. So‘ngra ular mohiyatan o‘zgartiriladi va qayta
birlashtiriladi. Natijada yangi ob’ekt paydo bo‘ladi. Mazkur metod XX asarning
30-yillarida shveyratsiyalik astrofizik Fris Svikki (Fritz Zwicky) tomonidan
asoslangan. Grafik organayzer g‘oyasini asoslashda Fris Svikki quyidagi misolni
keltiradi: parfyumeriya kompaniyasi uchun yangi tashrif qog‘ozini tayyorlash talab
qilinsin. Odatdagi to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘ladigan tashrif qog‘ozi shakli
o‘zgartilib, yoqimli hid tarqatuvchi uchburchak
holatda tayyorlansa, uning shaxs ongiga ta’siri boshqacha bo‘ladi
82
.
Qariyb bir asrdan “Morfologik quti” metodi – ob’ektning tarkibiy tuzilmasini tahlil
qilishga asoslanuvchi metod bo‘lib, u qabul qilingan qarorning nazariy
imkoniyatlarini ifodalovchi barcha variantlarni tizimlashtirishni taqozo etadi.
Ma’lumki, odatda qutilarga narsalar muayyan tartib bilan joylashtiriladi. Agarda
quti katta hajmli bo‘ladigan bo‘lsa, unga bir necha turdagi narsa, buyum yoki
jihozlar turiga qarab, alohida-alohida joylashtirildi. Ya’ni qutida narsalarga
ularning turi bo‘yicha ma’lum joy ajratiladi. Muammoli vaziyatlarni tadqiq qilish
va yechimlarni tanlashga xizmat qiluvchi ushbu metodning didaktik ahamiyati
shundaki, u muayyan jarayon, tur, hatto sohalar bo‘yicha ham tizimli fikrlash,
g‘oyalarni tahlil qilish, jarayon, tur, hatto sohalarning umumiy mohiyatini
yorituvchi har bir holatni ko‘rib chiqish imkonini beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra
tahliliy xarakterga ega ushbu metod tizim va uning tarkibiy asoslari to‘g‘risidagi
fikrlarni ham oydinlashtirishga yordam beradi.
81
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium=
popup &utm_campaign=archive.
82
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium=
popup &utm_campaign=archive.
92
Ayni o‘rinda “Morfologiya” tushunchasining mohiyatini yetarli darajada
anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.