Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
1. Rasm chizish 
(respondentga
 
shakli va hajmi oddiy tuxumga teng bo‘lgan 
rangli tuxumsimon shakl taklif etiladi; shaklning rangi ixtiyoriy tanlanadi; shakl 
rangining qanday bo‘lishi respondent tomonidan taklif qilinishi mumkin). Misol 
uchun respondent ko‘k rangdagi ushbu shakl negizida turli tasviriy ko‘rinishlarni 
hosil qiladi va ularni nomlaydi: 
 
2. Rasmlarni tugallash 
(o‘quvchilar 10 ta tugallanmagan tayanch figuralar 
asosida ularni tugallab, yangi tasviriy ko‘rinish hosil qilishi va uni nomlashi 
kerak). Respondent shtrixni ko‘rganda nimani tasavvur qilsa, uni tasvirlashi lozim. 
Masalan, birinchi shtrix tugallangan holda ochiq kitob, yonma-yon turgan ikkita 
stakan, qo‘shaloq shar bo‘lishi mumkin. Respondentning e’tiboriga quyidagi 
shtrixlardan iborat shakllar taqdim etiladi:
 
 


95
3. Takrorlanayotgan chiziqlar.
Tayanch material 30 juft parallel vertikal 
chiziqlar sanaladi. Har juft chiziqlar negizida qandaydir bir-birini takrorlaydigan 
rasmlar chizilishi zarur.
Shunday qilib, global axborotlashuv sharoitida shaxsning ta’lim olganlik 
darajasini tashxislash, unda kreativlik sifatlarini rivojlantirish dolzarb pedagogik 
masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Ushbu vazifaning samarali hal qilishda 
pedagogik 
tashxislash 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Ta’lim 
jarayonida 
P.I.Tretyakovning “Yaqin va bevosita rivojlantiruvchi hududni tashxislash” hamda 
G.A.Russkiyning “Bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini tashxislash” 
metodikasi, shuningdek, o‘quvchining kreativ fikrlash qobiliyatiga egaligini 
tashxislovchi metodlar: “Aqliy hujum”, “Oltita rangli qalpoqcha”, “Morfologik 
quti” (“Morfologik tahlil”), “Fokal ob’ektlar”, “Sinektika”, “Mental xarita” (“Idrok 
xaritasi”), “Bilvosita strategiyalar” kabilarning didaktik imkoniyatidan foydalangan 
holda tashxislashni amalga oshirish samarali natijalarni beradi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin