Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi



Yüklə 17,91 Kb.
tarix30.04.2023
ölçüsü17,91 Kb.
#126133
Raxbar xulosasi


Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi
4- bosqich talabasi Xudayberdiyeva Muazzam Nasritdin qizining “ Akademik litseylarda biologiya darslarini o’qitishda noan’anaviy usullar va ularning samaradorligi”mavzusida bajarilgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy raxbar


X U L O S A S I

Bitiruvchi Muazzam Xudayberdiyevaning ishi “Akademik litseylarda biologiya darslarini o’qitishda noan’anaviy usullar va ularning samaradorligi” mavzusida ta’lim sifatini yanada yaxshilashga bag’ishlangan. O’zbekistonda ta’lim salohiyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buni yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarga qarab ham xulosalar chiqarish mumkin. BMI uchun olingan mavzuni dolzarbligini ko’rish mumkin.


Muazzam Xudayberdiyevaning bitiruv malakaviy ishini bajarishda mavzu bo`yicha kerakli material va metodlar yig`ilgan, shu asosda ma`lum Ekologiya asoslari mavzusini o`qitishda “Klaster”,“VENN” diagrammasi, “T-sxemasi” metodlarini birgalikda dars jarayoniga qo’llash orqali natija olingan va statistik tahlil o’tkazilgan. BMIni bajarishda nazorat guruhida samaradorlik 56 foizdan 63,6 foizga, tajriba guruhida esa 64 foizdan 73,5 foizga o`sgan. Dars samaradorligi 6-10 % ga oshganligini aniqlangan. Demak , ta`lim tizimida zamonaviy dars berish usullaridan foydalanish ta`lim samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.
Olib borilgan tatqiqot ishlardan chiqarilgan xulosalari, uning mustaqil ish bajarganidan dalolat beradi.
Xudayberdiyeva Muazzam tomonidan yozilgan Bitiruv malakaviy ishi o`zining dolzarbligi, xajmi, mazmun-moxiyati bakalavr bitiruv malakaviy ishiga qo`yilgan Nizomga to`la javob beradi. Bitiruv malakaviy ishini Davlat Attestasiyasida himoya qilish uchun taqdim etihga tavsiya etaman.


Ilmiy raxbar: b.f.d. A.R. Batoshov
Yüklə 17,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin