Namangan davlat universiteti


-mavzu. Oykonimlar xususiyatlari va tavsifi



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə4/7
tarix24.11.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#133760
1   2   3   4   5   6   7
2.02. Toponimika (Etnotoponimiya va etnonimiya) 2023

3-mavzu. Oykonimlar xususiyatlari va tavsifi.
Oykonimlarni geografik nomlar orasida tutgan o‘rni. Aholi turar joylari va uning ichki bo‘linishlari qishloq, posyolka, mahalla, guzar, ko‘cha nomlari oykonimlar deb atalishi to‘g‘risida. Hudud aholisining o‘tmishdagi etnik tarkibi qaysi urug‘, qabila, qavm, toifaga mansubligi, iqtisodiy turmush sharoiti, qanday kasb xunar bilan shug‘ullanganligi shuningdek, joyning biron kishiga qarashliligini ifodalovchi oykonimlar.


4-mavzu. Etnooykonimlar xususiyatlari va ularning tavsifi.
Xududda yashagan urug‘. Qabila. Etnik guruh. Millat va xalq nomlari (etnonimlar). Eng qadimgi toponomik qatlamlar. Oykonimlar. Qadimda hayot kechirgan turli qabilalar.


5-mavzu. Antropooykonimlar va ularning xususiyatlari.
Antropooykonimlarning vazifasi. Antropooykonimlarda kishi ismlari. Laqablar. Tahalluslari. Turar joy nomlari asosiy farqlovchi belgilar. Feodallar. Urug‘ va jamoa boshliqlari.


6-mavzu. Fitooykonimlar, zoooykonimlar va ularning xususiyatlari.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda oykonimlarning katta bir guruhining o‘simlik va daraxt nomlari asosida yaratilgan atamalar tashkil qiladi. O‘simlik va daraxt nomlari bilan atalgan joy nomlari fitooykonimlar deb yuritiladi. Ular ma’lum hududdagi o‘simliklar dunyosining muhim xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunday nomlar urug‘ qabila va xalqlarning dehqonchilik, chorvachilik hayotida o‘ziga xos mo‘ljal bo‘lib xizmat qilgan.


7-mavzu. Gidronimlar va ularning xususiyatlari.
Gidronimlar-suv manbalarning atoqli otlari bo‘lib O‘rta Osiyo va respublikamizda salmoqli o‘rinlaridan biri hisoblanadi. Gidronimlarning etimologik tavsifi va ularning yaratilganligini aniqlash hamda nomlanish prinsiplari. Gidronimlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratilishi.


8-mavzu. Polinimiya yoki urbonimiyalar, ularning xususiyatlari va tavsifi.
Polinimiya yoki urbonimiya haqida umumiy ma’lumot. Polinimiya katta-kichik qishloq hamda shaharlarning nomlari. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda shaharlarning vujudga kelish tarixi. Kent (kat, kand, qand, kend kabi atamalar) ishtirokida yasaladigan shahar nomlari. Obod, -iston,
-jon, -gan, -kon atama va qo‘shimchalar ishtirokida vujudga kelgan polinimlar.



Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin