Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi
2
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti haqida.
4
Oykonimlar xususiyatlari va tavsifi.
2
Etnooykonimlar xususiyatlari va ularning tavsifi
4
Antropooykonimlar va ularning xususiyatlari
4
Fitooykonimlar, zoooykonimlar va ularning xususiyatlari
4
Gidronimlar va ularning xususiyatlari
4
Polinimiya yoki urbonimiyalar, ularning xususiyatlari va tavsifi
4
Oronimlar va ularning xususiyatlari
2
Jami:
30
III. SEMINAR MASHG‘ULOTI MAVZULARI
1-mavzu. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi. Toponomika fanining mavzusi va vazifalari. Toponomika fanining geografiya, tarix, etnografiya, geologiya, zoologiya, til, adabiyot va boshqa fanlar bilan aloqasi. Toponimlar va ularning turlari, nomlanish xususiyatlari. Makrotoponimlar, mikrotoponimlar. Oykonimlar, urbonimlar, gidronimlar, oronimlar, agronimlar, zoonimlar, fitonimlar va boshqalar. Joy nomlarini o‘rganish O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida yashab kelgan ota - bobolarimizning tili, tarixi, turmushi, urf-odati, kasb-kori xo‘jalik faoliyatiga oid qator muammolarni oydinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi.
2-mavzu. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti haqida. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning yer usti tuzilishi, iqlimi, suv manbalari, hayvonot dunyosi va o‘simliklar olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy sharoiti bilan bog‘liq ravishda fitooykonimlar, zooykonimlar va boshqa turdagi toponimlarning vujudga kelishi.