Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

SHlyaxta —
Pol’shada dvoryanlik. Dastlab shlyaxta — bu ritsarlik, oliy feodallarning 
quyi guruhi (yirik oliy feodallar — majnovladlardan farq qiladigan). XIV — XVI asrlarda 
shlyaxtaning soslovie sifatida shakllanish jaraenida oliy feodallarning quyi tabaqasi shlyaxtalari 
uning tarkibiga kirmay qoldi. Lekin uning tarkibiga magnatlar (oliy feodallarning YUqori 
tabaqasi) kiritilgan edi XVI — XVIII asrlarda Pol’sha — Litva davlatlarida — Rech’ pospolita 
shlyaxta respublikasining davlat tuzumi karor topadi. XVIII asrda Pol’shaning bo`linishidan 
so`ng shlyaxta qoidaga ko`ra rus dvoryanlari bilan tenglashtiriladi. Rech’ pospolitada, ayniksa, 
Pol’shaning Avstriyaga o`tgan qismida shlyaxtaning oliy unvoni (graf, baron va boshqalar)ni 
olish keng yoyiladi. 
Sexlar
— feodalizm davrida hamkasblarini feodallarning hamlasidan saqlab qolish va 
mahsulot ishlab chiqarishi, uni sotishda yagona ustunlikni o`z qo`lida saqlab qolish maqsadida, 
ma`lum kasb bo`yicha shahar hunarmandlarining birlashmasi tsexlar ma`lum bir ijtimoiy 
ierarxiyasiga ega bo`lardi. Usta, usta yordamchisi — xalfa va shogirdlarga ega bo`lardi. Faqat 
ustalargina to`la xuquqli a`zosi bo`la olardi. TSexlarning faoliyati faqat maxsulotlar ishlab 
chiqarish va ularni sotish bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o`rta asr hunarmandining 


35 
shaxsiy oilaviy ijtimoiy hayotini ham qamrab olar edi. Xar bir tsex o`z patroni xo`jayiniga ega 
bo`lib, bir vaqtning o`zida feodal shaxridagi sinfiy kurashning barcha bosqichlarida va ayniksa
XIV asrning «
tsex revolyutsiyalari
» davrida katta rol’ o`ynagan harbiy tashkilot bo`lib ham 
hisoblanar edi. O`rta asr tsexlarining kelib chiqishi sanoatning dehqonchilikdan va shaharning 
qishloqdan ajralishi bilan bog’liq bo`ldi. TSexlar Italiyada IX — X asrlarda, Frantsiya, 
Germaniya va Angliyada XI —XII asrlardan boshlab paydo bo`la boshladi. Ko`pchilik g’arbiy 
Yevropa mamlakatlarida tsexlarning eng taraqqiyot cho`qqisiga etgan davri XIII – XIV asrlarga 
to`g’ri keladi. TSexlar odatda mahalliy bozor uchungina maxsulot ishlab chiqaradigan mayda 
feodal hunarmandchilik ishlab chiqarishi edi. TSex nizomlarida ustalar, usta yordamchilarining 
ishlash soatlari (ish vaqti), xom ashyo sifati, ishlab chiqarish texnologiyasi, tayyor buyumlarning 
sifati va miqdori, maxsulotlarni sotish joylari va shartlari hamda xar bir ustaning o`z 
ustaxonasida ishlashi mumkin bo`lgan usta yordamchilari va stanoklarning soni ko`rsatib 
quyilgan bo`lar edi. TSexlar o`zlarining dastlabki taraqqiyoti davrlarida katta rol’ o`ynagan
edilar Ular hunarmandlarning iqtisodiy va xuquqiy mavqelarini mustahkamlardi. TSexlar XII—
XV asrlarda G’arbi Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy jixatdan taraqqiy topishiga yordam 
berdi. Ammo tsex XVI — XVIII asrlarda, ya`ni kapitalizm rivojlanish davriga kelib
mamlakatlarning taraqqiyoti yo`lida 
FOB 
bo`lib qoldi. TSexlar mayda hunarmandchilik ishlab 
chiqarishini saqlab qolishga harakat qilgan holda yangi kapitalistik xo`jalik shakllarining 
rivojlanishiga to`sqinlik qildi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin