1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKUL’TETI
TARIX FANLARI KAFEDRASI
fanidan
MA`RUZALAR MATNI
Namangan – 2013
2
So`z boshi
O`z tarixini bilgan va undan ruhiy quvvat
oladigan xalqni engib bo`lmas ekan, biz
xalqimizni ana shunday tarix bilan
qurollantirishimiz zarur.
(I. Karimov)
Tarixiy atamashunoslik fani tarix fanining qadimgi davridan to hozirgi kungacha bo`lgan
davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi
bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan. Atamalarni
maxsus fan terminologiya (atamashunoslik) o`rganadi. Ularning tarixga bog’liq tomonlarini esa
tarixiy atamashunoslik (yoki tarix atamashunosligi) o`rganadi. Turli mamlakatlarda jamiyat va
tsivilizatsiyalar rivojining turli bosqichlarida kishilik jamiyat hayotining yangi yoki
o`zgaruvchan bo`lsa shu mintaqa yoki mamlakatga xos tildagi tatamalar shunchalik ko`p
tarqalgan. Keyinchalik ular xalqaro atamalarga aylanib borgan. Hozir (ba`zan o`tmishda ham)
ularni turli mamlakatlarda ma`lum bir yoki aynan bir xil hodisalarni anglatuvchi atamalar
sifatida qo`llashmoqdaki, ular xalqaro leksikaga kiritlgan. Tarix fanidagi atamalarni o`rganishdja
G’arb va SHarq mamlakatlari tarixi ularni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid, qadimgi
dunyo, o`rta asrlar, yangi va eng va yangi tarixga oid hodisalarni izohlovchi atamalarning kelib
chiqishini yoritib berish asosiy maqsadimizdir.
Dostları ilə paylaş: |