43
Margarita 1464 yilda frantsuz podshosi Lyudovik
XI ning madadiga tayanib, qo`shinlar bilan
Angliyaga kaytib keldi, ammo mag’lubiyatga uchradi, eduard IV ning o`zboshimchaligi va
feodallar erkiga barham berish yo`lidagi urinishlari uning ilgari tarafdorlarini o`ziga qarshi qilib
qo`ydi. Angliyadagi yirik feodal magnatlaridan biri graf Uorvik yordamida Genrix VI yana
taxtga
chiqib oldi, Eduard esa hokimiyat o`g’risi deb e`lon qilindi (1471). Ammo T’yukaberi
yaqinidagi jangda eduardda lankasterlarga qaqshatqich zarba berdi. Genrix VI xal qiluvchi
janggadayok yana asir olinib, qirol turmasi Tauerda vafot etdi. eduard
IV qirol hokimiyatini
g’oyat mustahkamladi va parlamentni ahyon—ahyondagina chaqirib, hukmronlik qildi. Uning
vafotidan keyin 1483 yilda ukasi Richard III taxtni qo`lga oldi va eduard IV ning yosh
o`g’illarini qatl qildi. Richard III ortikcha qatllarga va tazyiklarga yo`l qo`yganligi sababli
lankasterlarni ham, yorkchilarni ham uziga qarshi qilib qo`ydi. Ular lankasterlardan
chiqqan
Genrix Tyudor tevaragiga birlasha boshladilar. Bosvort yaqinidagi jangda Richard III
maglubiyatga uchradi va o`ldirildi. Genrix Tyudor Genrix VII degan nom bilan Angliyaning
podshosi bo`ldi va Tyudorlar sulolasiga asos soldi. Oq gullar bilan qizil gullar urushi feodal
zodagonlari
kuchiga putur etkazdi, ularning ko`p qismi kirib tashlandi. Angliyada absolyutizm
davri boshlandi.
Dostları ilə paylaş: