HUJJATLAR MUNDARIJASI
|
Titul varog’i
|
|
Ishchi dasturning qonuniy asosli hujjatlari ma’lumotlari
|
|
Mundarija
|
|
Ma’ruza matnlari
|
|
Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi
|
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
Glossariy
|
|
Ilovalar:
-Namunaviy fan dasturi;
-Ishchi fan dasturi;
-Tarqatma materiallar;
-Testlar;
-Baholash mezonlari;
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Milliy g‘oya va huquq ta’limi kafedrasi
«MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI»
fanidan
MA`RUZA MATNI
Bilim sohasi:
|
100000
|
-
|
Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
|
110000
|
-
|
Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5111600
|
-
|
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
1-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
1. Manaviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o'qitishning zaruriyati.
2. Fanni o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari
3. Respublikamizdagi ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar
Hozirgi darvda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga yetishiga huquqlarini himoya qilishga e'tiborni qaratish davlat siyosatining ustivoryo'nlishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek “Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim”1.
Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta'minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma'naiy tarbiyaning yoshlarga ta'siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning, ahamiyati, ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo'llarini o'rganishdan iboratdir.
Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari va allomalari asoslari, xalq o'zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, Sharq va G'arbning o'rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, Prezidentimiz asarlarida yoritilgan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi.
Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida kitobxonning e'tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya'ni yosh avlod tarbiyasiga, o'g'il qizlarimizning sof va beg'ubor qalbini turli ma'naviy taxdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko'p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma'naviyat”, “milliy g'oya” , “fazilat”, “taxdid” so'z va iboralar tashkil etadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo'lgani yo'q.
Ma'naviyatli insoniyat o'tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo'lishiga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo'lib o'tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o'laroq, xavf-xatarlar ro'yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma'naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko'paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko'p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o'sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko'rsatadi.
Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo'lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo'qolmaganini, balki o'zining shaklu shamoyilini o'zgartirganini tushunib yetamiz1. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an'ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o'z ta'siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o'z manfaati yo'lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to'la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma'noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo'la olmasligini anglatadi. Сhunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo'lmay, qaram bo'lmay yashashini, o'zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo'ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o'rnatilishi mamlakatlar o'rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo'yadi hamda mutelik, o'zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta'zim-tavozega yo'l qo'ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo'ravonliklarni inkor etadi.
Garchi butun dunyo mamlakatlari o'rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta'sirini, davlatlar mustaqilligini yemirish istagini ilg'ash qiyin emas.
Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o'rni va ahamiyati o'zgarmaydi, deb ta'kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o'rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o'z suverenitetining bir qismini beradi2, degan farazlarni ilgari surmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e'tirof etilganidek, «O'zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo'ravonlik o'tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz».
Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg'a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g'arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma'naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko'hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o'rniga jahonda yetakchilik qilishning noan'anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo'lmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yo'llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne'mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga to'la, xalqi soddadil va mehnatkash O'zbekistonni o'z ta'sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himya qilish va mustahkamlash O'zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e'tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko'plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g'oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Mustaqilligimizdan keyin ma'naviyma'rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma'naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko'rsatish hamda yosh avlodning milliy g'ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o'rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.
“Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo'yilgan vazifalar qo'yidagilardan iborat:
Ma'naviy ma'rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish;
Uzluksiz ta'lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta'sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo'lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko'rsatish;
Ma'naviy ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligini ochib berish;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma'naviy ma'rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko'rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;
Ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ma'naviyat, ma'rifat, mafkura tushunchalarining o'zaro bog'liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;
Ma'naviy ma'rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo'nalishlarini tahlil etish;
Talaba yoshlarni ma'naviy ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish.
Ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma'naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko'payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo'lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ'ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun ham ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlari qanday dastur va yo'nalish, qaysi ko'rsatma va qo'llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g'oyat muhim masala bo'lib turibdi.
Ushbu qo'llanma ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy targ'ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Mustaqillik biz uchun jamiyat taraqqiyotining butunlay yangi davrini boshlab berdi. U O'zbekistonimizni, o'zbek millatini jahonga tanitdi. Milliy manfaatlarimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, demokratik mezonlarga tamomila muvofiq yangi jamiyat qurishga kirishdik.
Milliy davlatchilik poydevori, uning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat islohotlarining bosh tashabbuskori, ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Konstitutsiyamiz davlatni qonuniyhuquqiy takomillashtirishning demokratik asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
Istiqlol tufayli odamlar ongi, dunyoqarashida yangilanish boshlandi. Tarixiy milliy qadriyatlar, urfodatlarning tiklanishi xalqning milliy ruhiga kuchli ta'sir etdi. Ona tilimiz va dinimizga bo'lgan yangicha munosabat, vatanga va istiqlol g'oyalariga sadoqat milliy g'urur, iftixor tuyg'ularining o'sishida katta rol' o'ynaydi. Vatan tushunchasi, vatanparvarlik tuyg'usi yangicha ma'no kasb etdi. Milliy an'analar, bayramlar, Ro'za va Qurbon hayitlari xalqimiz qadri, izzatxurmati, g'ururining oshishiga olib keldi.
Tarixiy milliy qadriyatlarimiz bilan yangidan tanishuv, ularni tiklash va boyitish har birimizda milliy o'zligimizni, tarixiy merosimizga e'tiqod va faxrlanish tuyg'ularini mustahkamladi. Biz ko'proq boy tariximiz, qadriyatlarimiz, an'analarimizni o'rgana boshladik. Odamlardagi boqimandalik, loqaydlik, mutelik ruhiyati o'rnini tadbirkorlik, ishbilarmonlik, fidoyilik egallay boshladi. Ularda Vatan oldidagi, elyurt oldidigai o'z burchini e'zozlash tuyg'usi ancha kuchaydi.
Bozor munosabatlari, turli mulk shakllari mulkka munosabatimizni, mehnatimiz xarakterini o'zgartirib yubordi.
Albatta, har qanday mamlakatda o'tish davri osonlikcha kechmaydi. U bir necha o'n yilliklarga cho'ziladi. Juda ko'p mamlakatlarda shunday ham bo'ladi. Ammo O'zbekistonimizning iqtisodiyijtimoiy rivojlanish sur'ati ishga tushirilayotgan ulkan inshootlar bozor iqtisodi qonunlariga to'la amal qilinsa o'tish davri nisbatan qisqa vaqt bilan chegaralanishini ko'rsatib turibdi. Mashinasozlik, neft' mahsulotlari, yengil sanoat, oziqovqat, mahalliy qayta ishlash sanoatlari, qurilish, paxtachilik, g'alla, qimmatbaho materiallar ishlab chiqarish sohalarida jiddiy yuksalish ko'zga tashlanayapti. Aholini ijtimoiy himoyalash, turmush sharoitini yaxshilash, ma'naviyat va mafkura sohalarida ham muhim o'zgarishlar yuz bermoqda.
Mamlakat hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy o'zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratishdir. Bu insonparvar jamiyatimizning mazmuni va maqsadidan kelib chiqadi. Bunga imkon darajada harakat qilinmoqda.
Milliy mustaqillikka erishgandan so'ng yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida odamlar taqdiri, ularning turmush farovonligi, ertangi kuni, baxtsaodati turganligining yorqin dalilidir. Biz tamomila yangi, adolatli jamiyat barpo etishga kirishayapmiz.
Taraqqiyot yo'limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko'pdanko'p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko'rsatmalarning pirovard natijasi ham Inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz xarakteri bilan bevosita bog'liq. Davlatimizning ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar yo'lidan qat'iy borayotganligi bevosita odamlar manfaatini ko'zlashning yorqin dalilidir. Bu izchil siyosatdir.
Demak, har bir xattiharakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari, vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi.
Biz yangi, insonparvar jamiyat qurmoqdamiz. Yangi jamiyatni qurish uchun eng avvalo, har jihatdan yetuk yangi avlodni voyaga yetkazishimiz kerak. Yurtboshimiz aytganlaridek, taraqqiyot taqdirini ma'naviy yetuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, ma'naviy barkamol, ma'rifatli, jismoniy sog'lom, o'zining tarixiy roli va burchini anglay biladigan odamlarni tarbiyalash umumdavlat ahamiyatidagi vazifa hisoblanadi.
Sho'ro davrida marksizm leninizm ta'limoti shaxsni o'zgartirish uchun jamiyatni o'zgartirish kerak, deb ta'lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o'zgartirish, ularning baxtli hayotini ta'minlash uchun insonning o'zini o'zgartirish kerak, deb ta'kidlaydi. Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. Yaponiya, Kanada, AQSh, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo'lmasada insonning to'laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Jamiyat uning a'zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o'z xulqining ham, jamiyat ma'naviyatining ham ijodkori, o'zining va zamondoshlarining ma'naviy sifatlari uchun javobgar.
Ma'naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o'zigagina emas, balki o'zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta'sir ko'rsatar ekan, uni shakllantirishni o'z xoliga tashlab qo'yib bo'lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma'naviy fazilatlar ham bo'ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog'i lozim.
Ma'naviyat insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
Odatda inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o'tishi, e'zozlanishi bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o'z navbatida inson aqli, tafakkuri, xarakteri, tuyg'uhissini shakllantiradi. Shu asno ma'naviyatning jamiyatdagi yetakchi g'oyalarga ham bog'liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy demokratik davlat yaratish davrning yetakchi g'oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish uchun komil avlodni ma'naviy yetuk, ahloqiy yuksak, ruhan va jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Shu bilan birga, komil inson komil jamiyatda voyaga yetishi ham ma'lum. Mashhur donishmandimiz Abu Nasr Forobiy “Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, yolg'iz o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi” deb yozadi. Binobarin, jamiyat insonga inson sifatida shakllanishi uchungina emas, hatto oddiygina turmush kechirishi uchun ham kerak. Jamiyatning inson shaxsi, taqdiri, yashash tarziga ta'siri, avvalo, uning axloqiy huquqiy normalari bilan belgilanadi.
Ma'naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma'rifiymadaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo'lmasada, har bir millatning o'z ma'naviyati bor.
Milliy ma'naviyat milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma'naviyat o'zini tanish, o'zni o'zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o'zini qanchalik tanisa, butun borliqni, Yaratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma'naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma'naviyatning yuksakligiga, ma'naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta'sir o'tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma'naviyatning dialektik birligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risida”gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi “Respublika ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmoni “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llabquvvatlash to'g'risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir.
Yuqoridagi Farmonda “Joylarda ma'naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi himmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma'naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi” ta'kidlandi. Shuningdek ushbu Farmonda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi deb hisoblandi.
“Xalqning ma'naviyati va madaniyati degan edi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”.
Jamiyatimiz fuqarolarini ma'naviy jihatdan kamol toptirish uchun ikki muhim narsani o'zaro uyg'un holda qo'shib olib borish lozim. Biri boy ma'naviy va madaniy merosimizni chuqur va har tomonlama o'rganishimiz, chor Rossiyasi mustabidligi hamda sho'rolar istibdodi davrida unutilishga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tiklashimiz, zamonamizga muvofiqlaridan, davrimizda bizga foyda beradiganlaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Ikkinchisi esa, butun insoniyat, xususan taraqqiy topgan mamlakatlarda yuzaga kelgan ma'naviy va madaniy yutuqlardan milliy xususiyatlarimiz va ruhiyatimizga muvofiq keladiganlarini ijodiy o'zlashtirishimiz lozim. Bu ikki xususiyatni o'zaro payvand qilish orqasida respublikamiz fuqarolarini ma'naviy jihatdan kamolga yetkazishning zamini bunyod etiladi.
Respublikamizda bu borada talaygina ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Olaylik, ko'p asrlik ma'naviy va madaniy merosimizni. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgan kunlardan boshlab boy ma'naviy va madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglatish va bu bilan faxrlanish yo'lida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug' ajdodlarimiz, ular yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos katta hissa bo'lib qo'shilgan asarlarini teranroq o'rganishga imkoniyat yuzaga yuzaga keldi. Yurtdoshlarimiz Imom at Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg'inoniy, Ahmad Farg'oniy, Ho'ja Ahrori Valiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o'rganilib, ularning o'lmas asarlari xalqimiz ma'naviy xazinasiga qaytarildi. Zotan, bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat singari umuminsoniy qadriyatlarni singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulik yo'lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo'shdilar. Xususan, ismoil alBuxoriyning to'rt jilddan iborat “Hadis” ining tarjima qilinib, nashr etilishi ma'naviy hayotimizda muhim voqea bo'ldi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 560 yil to'lganligining keng nishonlangani va bu paytga qadar sho'ro mafkurasiga mos kelmaydi, degan aqida bilan xalqimiz nazaridan pinhon saqlanib kelingan “Arba'in”, “Siroj ulmuslimin” kabi asarlarining ham nashr qilinishi ulug' shoir ijodini to'laroq tasavvur etishga yordam berdi.
Ayni paytda, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”i, So'fi Olloyorning “Sabot ulojizin” i singari diniyklerikal asarlar deb qoralanib kelingan kitoblarning chop qilinishi ham ma'naviyatimizni boyitishga muayyan omil bo'ldi.
Mustaqillik yillarida Xusayn Boyqaro, Muhammad Rahimxon Feruz kabi hukmdor bo'lib o'tgan shoirlarning ham ijodiga xolislik nuqtai nazaridan qaralib, ularning go'zal she'rlari xalqimizga qaytarildi. Sho'rolar istibdodi davrida ular hukmdor bo'lib o'tganlari uchungina “yot mafkura vakillari” degan ayb bilan asarlarini o'rganish, nashr qilish taqiqlanib kelingan edi. Bu esa o'sha yillari ma'naviyatimiz taraqqiyoti tor bir doirada bo'lganligidan guvoh edi.
Hozirgi kunda bu tor doiradan chiqib, keng ufqlar tomon jadal borayotganimizdan faxrlanamiz.
Xuddi shular singari buyuk sohibqiron, turk davlatchiligini qayta tiklagan ulug' bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyatini xolis va ilmiy o'rganishga kirishildi. Buyuk Sohibqiron tavalludining nishonlashi munosabati bilan Temur va Temuriylar davri tarixi, adabiyoti va san'atiga bag'ishlangan yangiyangi tadqiqotlar yuzaga keldi. “Temur tuzuklari” ning nashr etilishi buyuk Sohibqironning shaxsini teranroq anglashga yordam bergan bo'lsa, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari, Shomiyning “Zafarnomasi” Ibn Arabshohning ikki jildlik “Amir Temur tarixi” kitoblarining chop etilishi buyuk bobokolonimiz hayoti va amalga oshirgan ishlarini to'laroq miqyosda idrok etishga olib keldi.
Xalqimiz al-Farg'oniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Beruniy, mirzo Ulug'bek singari buyuk ajdodlarimiz bilan haqli suratda faxrlanadi. Mustaqillik yillarida mazkur siymolarning ilmiy merosi keng miqyosda tadqiq etila boshlandi. Ularning yaratgan asarlari asl nusxada yoki tarjima etilib, xalqimizga yetkazilmoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, ma'naviy hayotimizning tobora boyib borayotganidan dalolat beradi.
Sho'ro davrining qatag'onlari... Biz ularning nomlarini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Сho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu... Ular Vatanimizning mustaqilligi, erki uchun boshlarini sirtmoqqa tutib berdilar. Bugun qatag'on qurbonlarining hayoti va ajdodlari teran o'rganilib, asarlari yurtdoshlarimiz qo'liga borib yetdi.
Bularning barchasi ma'naviy hayotimizni boyituvchi omillar xalqimizning farzandlari tomonidan bunyod etilgan madaniy boyliklar bo'lib, ulardan jamiyatimiz fuqarolarining ma'naviy ehtiyojini qondirish yo'lida oqilona foydalaniladi.
Shuni ham aytish kerakki, madaniy merosdan foydalanishda ulardagi o'z davri bilan bog'liq jihatlarni e'tiborga olmaslik mumkin emas. Fikrimizning isboti uchun birikki misol keltiraylik. “Go'ro'g'li” turkumidagi dostonlarda ko'p xotinlilik masalasiga ijobiy qarash seziladi. Buni tushunish qiyin emas. Doston shariat qoidalariga amal qilingan davrlarda yaratilgan bo'lib, undagi tasvir etilgan turmush tarzi o'z davrida tabiiy tuyulgan va shunday qabul qilingan. Hozirgi kunda biz dostondagi bunday qarash va tushunchalarga o'z davrining mahsuli deb yondashishimiz lozim.
To'y masalasida ham shunday. Ma'lumki, o'zbeklar topgan tutganini to'yga aytaydi, uni elyurt oldida yaxshiroq o'tkazishga intiladi. Bu esa ayrim hollarda musobaqa tusining olib ketishiga sababchi bo'ladi. “Men falonchidan kammi?”, “Etti mahallaga duvduv gap bo'ladigan to'y qilib bermasam...” degan o'y bilan ortiqcha sarfxarajatlar, chiqimlarga, isrofgarchiliklarga yo'l qo'yiladi. Taassufki, ana shunday “duvduv gap bo'ladigan to'ylar uchun oxirgi tiyinini ayamaydigan xonadonlarning ayrimlarida ma'naviyatning yorqin belgisi bo'lgan kitob bo'lmaydi. Bu esa madaniyatsizlikning, ma'naviy kemtiklikning bir nishonasi.
Xalq orasida hamon saqlanib kelayotgan turli marosimlar, urfodatlar, aqidalar, rasmrusmlarga nisbatan ham oqilona yondashish lozim deb hisoblaymiz. Demak, o'tmish madaniyatimizdan, merosimizdan foydalanar ekanmiz, unga hozirgi talablariga muvofiq keladiganlarini aniq bilgan holda munosabatda bo'lish kerak.
Ma'lumki, jamiyatda ma'naviyatga ehtiyoj bo'lmasa, u hech qachon paydo ham bo'lmaydi, rivojlana ham olmaydi. Ehtiyojning o'zi ham ma'naviyat darajasi bilan belgilanadi. Ma'naviy kamolotga intilish insonning mohiyati bilan bog'langan fazilatdir. Ma'naviyatning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Shunisi ham borki, dunyodagi biror xalq o'z ma'naviy, milliy boyliklari doirasidagina rivojlana olmaydi. Bunday yo'l millatni kamolotga emas, balki tanazzulga olib kelishi o'zo'zidan ayon. O'z qobig'i ichida o'ralashib qolgan millatning madaniyati va ma'naviyati hech qachon kamol topa olmaydi. Milliy xudbinlik yo'lidan borish hech kimga naf keltirgan emas.
Har bir millatning ma'naviyati o'z holicha, alohida bo'lib emas, balki jahon madaniyati ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi va rivojlanadi, degan g'oya Prezidentimiz asarlarida muhim o'rinni egallaydi. Ularda juda o'rinli ta'kidlanishicha, umuminsoniy ma'naviyatdan ajralgan holda rivojlanadigan milliy madaniyatni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli davrlarda, tarixiy sharoitlarda, mamlakatlarda shakllangan ma'naviyat umuminsoniy ma'naviyatning birbiri bilan bog'lanib ketgan tarkibiy qismlaridir. Ana shu bog'liqlik va o'zaro aloqadorlik milliy madaniyatlar va umuminsoniy ma'naviyatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo'llaridan bo'lib hisoblanadi.
Ma'naviyat juda chuqur va keng ma'noga ega. Ma'naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aqlidrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahmshafqat, mehroqibat, iymone'tiqod, meo'natsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e'ozlash, ilm va fanni, adabiyot, san'at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o'zi va o'zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urfodatlari va an'alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat inson hayotini bezaydi, go'zallashtiradi.
Ma'naviyat jamiyat bilan chambarchas bog'liq holda tarkib topar ekan, jamiyat hayotining rukunlari bo'lmish ijtimoiy iqtisodiy hodisalarga qattiq bog'langan bo'ladi. Ma'naviyat, eng avvalo, jamiyatning iqtisodiyoti bilan uzviy bog'langan. Iqtisodiyot bilan ma'naviyat inson va jamiyat hayotining o'zaro ajralmas, birbirini to'ldiradigan, o'zaro ta'sir va aks ta'sir etadigan ikki tomoni, ikki qirrasidir.
Jamiyat taraqqiyoti ana shu ikki tomonning o'zaro birligi va aloqadorligi asosida amalga oshadi. Agar jamiyatda iqtisodiyot ravnaq topgan, mo'lko'lchilik ta'minlangan bo'lmasa, ma'naviyat o'zo'zidan pasayib ketadi. O'z navbatida ma'naviyat barqaror bo'lmagan joyda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish madaniyati ham yuksak bo'lmaydi. Mamlakatimiz fuqarolari oldida turgan o'tish davriga xos islohotlarda ana shu jihatlar ko'zda tutilgan. Ishlab chiqarishni, umuman xalq xo'jaligini taraqqiy ettirish bilan bir qatorda xalqning umummadaniyatini yuksaltirishga oid qator tadbirlarning amalga oshirilayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, ulug' ajdodlarimizning tavallud topgan sanalari munosabati bilan ularning yubileylarini munosib nishonlash, shu asnoda asarlarini nashr etish, “Sharq taronalari” xalqaro festivalining doimiylik tusiga kirishi, maqom ijrosiga bag'ishlangan xalqaro tanlovning o'tkazilib turishi, “Jahon adabiyoti” jurnalining yuzaga kelgani, Xorazmda Ma'mun akademiyasining tiklanishi va boshqa qator tadbirlar ana shu maqsadga qaratilgandir. Respublikamiz fuqarolarining ma'naviy barkamol bo'lib borishi ularning har jihatdan madaniyati yuksalib borishiga ham muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Ma'naviyati yuksak, odobaxloqli, ma'rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmatmuruvvat ko'rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko'mak berish va to'g'ri yo'l ko'rsatishni o'zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo'lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo'ladi, hojatini chiqaradi, yetimesirlarni parvarish qiladi. Ma'naviyatli, ma'rifatli kishilarda milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'usi, oriyat kuchli bo'ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo'lgan kishilar o'z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o'zi uchun shonsharaf deb biladi. Vataniga xavf tug'ilsa, uning ximoyasi yo'lida moldunyosini, jonu jahonni ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko'rsatadi.
Ma'naviy barkamol bo'lgan odamlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydi, gap tashimaydi, fisqu fasad, bo'htonga nisbatan murosasiz bo'ladi, mahalliychilikka yo'l qo'ymaydi, guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik va milliy hamjihatlik, o'zaro do'stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo'lida tinmay harakat qiladi.
Vazifasini suiiste'mol qilish, tanishbilishchilik asosida ish yuritish, tamagirlik, poraxo'rlik, odobaxloqimiz va jamiyatimiz qabul qilgan qonunqoidalarimizni chetlab o'tishga harakat qilish jamiyatimiz taraqqiyoti va davlat mustaqilligimiz uchun katta g'ov ekanligini anglab yetish va bunday salbiy illat va yaramas odatlarga nisbatan murosasizlik ham yetuk ma'naviyat sohibi bo'lgan insonlarga xos xislat va fazilatdir. Inson hayotida ma'naviyatga ehtiyoj sezilmaydigan sohaning o'zi yo'q. Ma'naviyat insonga milliy o'zligini anglab olishda katta yordam beradi. Ma'naviyat insonning ulug'ligini, martabasini, qudratli aqlidrok, tafakkur, madaniyat va ma'rifat sohibi ekanligini namoyon etadigan va amalda isbotlaydigan jamiki xislatlar yig'indisidir.
“Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining metodologik bazasini o'rganishda quyidagi metodlar orqali ish ko'rish maqsadga muvofiqdir. Jumladan dialektik metod, qiyoslash va taqqoslash (kuzatish, tarixiy yondashish, mantiq) metodlari, Elepidik-sotsiologik metod, umummantiqiy metod (sintez; abstraktlash; umumiylik), nazariy metod (abetraktlikdan konkretlikka), axloqiy metod (ayrim gurux yoki shaxs xulqini kuzatish), izoxlash metodi fan yutuqlaridan foydalanish. Undan tashqari hozirgi paytda garchi ommalashmagan bo'lsada, neyro-lingvistik dasturlash, Blum taksanomiyasi, manakumtsiya texnalogiyalaridan foydalanish mumkin.
Hozirgi paytda tez-tez qo'llanilayotgan inter faol usullardan, ya'ni klaeter, sinkveyn, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, o'z o'rningni top, kichik guruxlarda ishlash, menyu, depatlar, tanqidiy fikrlash va boshqalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muxim axamiyatga egadir.
Tayanch so'z va iboralar
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya, uzluksiz ta'lim, ta'limni insonparvarlashtirish, ustuvor yo'nalish, eski mafkuradan xolos bo'lish, ma'naviyat, ma'rifat, mafkura, dolzarb muammo, bozor muammolari, taraqqiyot yo'limiz.
Mavzuni mustahkamlash bo'yicha savollar
1. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Nima uchun ma'naviy-ma'rifiy tarbiya eng dolzarb muammodir?
3. Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” kitobida qanday vazifalar qo'yilgan?
4. Fuqarolarni ma'naviy kamol toptirish vazifalari qanday omillarni o'z ichiga oladi?
5. Mustaqillik yillarida ma'naviyatimizni tiklash sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?
6. Ma'naviy merosdan foydalanishda nimalarga e'tibor berish mumkin?
7. Ma'naviyatni anglash nima?
Dostları ilə paylaş: |