Fanning maqsadi va vazifalari. Mamlakatimiz mustaqilligidan keyin ma’naviy-ma’rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko‘rsatish hamda yosh avlodning milliy g‘ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvar qilib tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berishdir.
Dasturning vazifasi quyidagilardan iborat:
- ma’naviy-ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini ko‘rsatish;
- uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi bilan tanishtirish;
- respublikamizdagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga doir xujjatlarning
mohiyatini tushuntirish;
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar Bu fan bo‘yicha talabalar bilim, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlarning vazifalari, uzluksizni ta’limni insonparvarlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning mohiyati va asosiy yo‘nalishlarini bilishi, ma’naiy-ma’rifiy ishlar haqida chukur bilimga ega bo‘lishi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish malakasini o‘zlashtirishi hamda ularni turmushda ko‘llay bilishi lozim.
O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Ushbu fan «Milliy g‘oya va mafkura», «Sotsiologiya», «Pedagogika», «Tarix», «Madaniyatshunoslik», «Qadriyatshunoslik», «G‘oyalar falsafasi» «Falsafa» va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish,ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi, pedagogik sotsiologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: