II. ATTESTATSIYA SINOVI SHAKLI VA MUDDATI 2021/2022 o‘quv yilida 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining Attestatsiya sinovi – test shaklda o‘tkaziladi.
Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o‘quv yili yakuniga qadar Attestatsiya sinovi shaklini o‘zgartirish mumkin emas.
Attestatsiya sinovi universitet o‘quv jarayoni grafigiga asosan, o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga yetkaziladi.
III. ATTESTATSIYA SINOVI SAVOLNOMASI Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo‘nalishi Malaka talablarining:
- bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga;
- kasbiy faoliyatga;
- umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga qo‘yilgan talablarni qamrab oladi.
Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo‘nalishi O‘quv rejasida keltirilgan quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlar dasturlari asosida shakllantirildi:
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy garammatikasi” fanidan
Oltoy tillarining turkiy tillar grammatik tizimidagi ifodasi.
Turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarning hozirgi turkiy tillar grammatikasida ifodalanish darajasi.
Turkiy tillar taraqqiyotida lingvistik va nolingvistik omillarning o`rni.
Turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik tuzilishi.
Turkiy tillar tasnifi.
Vokalizm.
Unli va undoshlar tizimi.
Unlilar tasnifi.
Unlilarda variantlilik.
Anlautda diftonglashuv. Birlamchi va ikkilamchi cho`ziqlik hodisasi.
Konvergensiya va divergensiya hodisalari.
Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan unli fonemalar.
Turkiy tillarda urg`u. Leksik urg`u. Logik Urg`u.
Bo`g`in.
Undoshlar tizimi.
Undoshlar tasnifi.
Turkiy tillarning keyingi taraqqiyot bosqichida shakllangan undosh fonemalar.
Turkiy tillarda singarmonizm.
Singarmonizmning hozirgi turkiy tillarda saqlanish darajasi.