Namangan davlat unversiteti



Yüklə 201,24 Kb.
səhifə1/4
tarix02.12.2023
ölçüsü201,24 Kb.
#137200
növüReferat
  1   2   3   4
Namangan davlat unversiteti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FA’KULTETI
YER USTI TRANSPORTI YO’NALISHI
4-BOSQICH KTT-18 GURUX TALABASI
NURIDDINOV RAHIMJONNING
O’ZBEKISTON TRANSPORTI TASHQI IQTISODIY ALOQALARI FANIDAN
REFERATI


NAMANGAN


Mavzu: O’zbekiston transporti


Reja:
1.O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining o’rni
2. O'zbekiston avtomobil transportida qo’shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog`lanish istiqboli
3. Shahar yo’lovchilar tashish transporti. 
4. Havo transporti
5. Suv transporti

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo’lgan avtomobil transporti va avtomobil yo’llari ham o'rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo’q. Qisqa masofalarga yuk va yo’lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo’lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo’lgan tog’li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.


O'zbekiston hududida avtomobil yo’llari tarmog’i ancha keng har 1000 km² maydonga avtomobil yo’llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo’llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 115 ming km dan ortiq. Shularning 95,6 foizi qattiq qoplamali yo’llardir. Mamlakatimiz hayotida muhim o'rin tutgan avtomobil yo’llari jumlasiga eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o'tgan Katta O'zbek avtomobil trakti kiradi. 1940 yili qurib bitkazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo’lgan ushbu ravon yo’l qanchadan-qancha yuk va yo’lovchilar tashishga hamda hududlar orasida transport xizmati ko’rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanishdan oldin Farg’ona vodiysidagi 3 viloyat va qator shaharlarni jumladan Qo’qon, Marg’ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog’lab turuvchi aylanma yo’l qayta qurildi. Shuningdek, turli davrlarda ishga tushgan Toshkent-O'sh, Samarqand-Buxoro, Toshkent halqa yo’li, Nukus-G'uzor, Qo’ng’irot-Beynov kabi yana qator avtomobil yo’llari ham O'zbekistoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 201,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin