Kichik va o’rta guruhlarda “O’zbekiston-mening Vatanim” mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish.
6
“O’zbekiston-mening Vatanim” mavzusida guruhiy mashg’ulot tashkil etadi.Rivojlanish markazlarida o’yinli ta’limiy faoliyatni tashkil etadi.
Markazlardagi ta’limiy faoliyat:
Qurish, konstruktorlash va matematika markazi: “lego’’ turdagi o’yin bo’laklaridan modellar yig’ishni;
Qog’ozdan buklash orqali soda shakllarni yasash;
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish markazi:
Bolalarni tarbiyachi bilan bo’ladigan hamkorlikdagi o’yinlariga qatnashadi;
Til va nutq: “Mening guruhimdagi jihozlarim” mavzusi bo’yicha sh’er, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytishga o’rganadi.
Ilm fan va tabiat markazi:
Bolalarga ob-havo holatini, suv va qorning ayrim xususiyatlarini farqlashni;
Ayrim predmetlar suvda cho’kishi, ayrimlari cho’kmasligi-suvning hususiyatlarini o’rganuvchi tajriba o’rganib oladi.
San’at markazi: Rasm olish uchun zarur materiallarni bilish va nomini aytishni o’rgatadi.
Musiqa va ritmika markazi:
Bolalarga bir-biriga o’xshash bolmagan kayfiyatidagi qo’shiq va cholg’u kuylarini idrok etishni o’rgatadi.
21.
Katta va tayyorlov guruhlarda “O’zbekiston mening Vatanim” mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish.
6
“O’zbekiston mening Vatanim” mavzusida guruhiy mashg’ulot tashkil etadi. Rivojlanish markazlarida o’yinli ta’limiy faoliyatni tashkil etadi.
Mavzularni tanlashda , mantiqiy fikrlashgaoid lavhalardan milliy an’ana va qadryatlarimizdan, o’yinlar, maqol, metal, hikoyalardan foydalanadi.
Markazlardagi ta’limiy faoliyat:
Qurish, konstruktorlash va matematika markazi: “Oilamiz uchun uy”- birgina ob’yektni undan foydalanishning turli shart-sharoitlarini nazarda tutib konstruksiyalashni o’rganish;
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish markazi:
“Yosh sayohatchilar” hikoyasini sahnalashtirishni o’rganadi.
Til va nutq: suhbatlar uyushtirish-“Vatanimizning tarixiy shaxarlari” bilan tanishtirini organadi
Ilm fan va tabiat markazi:
“Ajoyib magnitlar” magnit uchlarning o’ziga tortishishni va o’zidan itarishi haqida bilim berishga tayyorlanadi.
Sa’nat markazi:
Loy ishi-Xamro buvi o’yinchoqlari “Toychoq”, “Xo’roz” yasash ko’nikmasini rivojlantirish.
Musiqa va ritmika markazi:
“O’zbekiston Davlat madhiyasi” M.Burxonov orqali-milliy g’ururni shakllantirish.