Tayanch kompetentsiyalar: Axborot bilan ishlash kompententsiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetentsiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o`qish, fikrni yozma bayon qilish):
hikmatli gap, hikoya, she`r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi;
ularni ongli, ifodali, to’g’ri o’qiy oladi;
o’qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetentsiya elementlari: O’qilgan she`rning mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Dars turi:Yangi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish,“Savol-javob” metodi, “To‘g‘risini top” o‘yinlari.
Dars jihozi: darslik, videolavhalar, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. A) Salomlashish
B) Darsimiz shiori:
-Bilim ol, hunar tanla!
-Bilim olib, hunarli bo’lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu…
-Sog’ligimiz.
D) Davomatni aniqlash
-Hamma sog’ omonmi?
-Ha.
Juda yaxshi demak darsda hamma bor.
E) Fasl haqida suhbat o’tkazish
-Hozir yurtimizda qaysi fasl ?
-Hozir yurtimizda kuz fasli.
-Kuz faslida tabiatda qanday o’zgarishlar r’oy beradi?
-Kuz faslida havo soviydi, yomg’ir yog’adi, daraxtlarning barglari sarg’ayib to’kiladi, dalalarda yig’im-terim ishlari boshlanadi.
“Raqamlar so’zlaganda” o’yini. -Bu faslda yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi?
1, 21, 18 sonlarni bu faslda yurtimizda nishonlanadigan bayramlarni aytishingiz zarur
1-sentabr “Mustaqillik bayrami”, 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”,
2-sentabr “Bilimlar kuni”,
21-oktabr “Til bayrami”,
18-noyabr Bayrog’imiz qabul qilingan kuni va “Mehrjon bayrami” nishonlanadi