Name of presentation



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə1/4
tarix16.04.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#125434
  1   2   3   4
Nimatov I audit

Auditorlik dalilllar va ularni olish usullari mavzusida

531-20 BH va A Nimatov Iskandar

Reja


Auditorlik dalillarini olish usullari
4
Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari
1
Auditorlik dalillarini olish manbaalari
2
Auditorlik amallari va auditorlik dalillari to’plash
3

Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.

  • Auditning xalqaro standartlari – AХS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan.
  • Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
  • Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
  • Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.

Auditorlik dalillarning turlari.

  • Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
  • Auditorlik dalillar turlariga ko’ra yozma va og’zaki dalillarga bo’linadi.
  • Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin. Ammo ayrim hollarda og’zaki dalillar ancha muhim va foydali bo’lishi mumkin.
  • Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
  • Тashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
  • Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
  • Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin