Name of presentation


Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə3/4
tarix16.04.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#125434
1   2   3   4
Nimatov I audit

Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.

  • Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan yetarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar.

Auditorlik dalillarini to’plash ketma-ketligini quyidagicha:


1.
Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. SHartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
2.
Тanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.
3.
Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan. Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni. Auditor tomonidan olingan dalillarning yetarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.
4.
Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. Тekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Тekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
5.
Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
6.
Тo’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin