Nasimxon rahmonov



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə40/63
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#107401
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Ikkinchidan, Oltin O‘rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning takomili natijasida o‘zbek adabiyotiga yangi janr — noma janri kirib keldi.

Xorazmiyning birinchi marta o‘zbek tilida yaratilgan “Muhabbatnoma” (1353) asari buning dalilidir. Uchinchidan, Oltin O‘rdadagi adabiy muhitning e’tiborga molik jihatlaridan yana biri tarjimachilikka alohida e’tibor berilganidir. Turli tillardan o‘zbek tiliga nodir asarlarning tarjima qilinishi bevosita va bilvosita CHingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, erli aholiga bo‘lgan ehtirom samarasidir. CHingiziy hukmdorlar farmonlarini turkiy tilda e’lon qilganlari, eski uyg‘ur-turkyozuvi asosida mo‘g‘ul yozuvini yaratib, mo‘g‘ul davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos solganlari buning yana bir dalilidir.

CHingizxon avlodlarining muruvvatpeshaligi va erli aholiga xayrixoh munosabatlarini Oltin O‘rda xonlari davom ettirdilar. Oltin O‘rdada o‘zbek tilida yaratilgan har bir asarning yuzaga kelishida biron hukmdorning ta’siri bor. Qutbning “Husrav va SHirin”i tarjimasi shahzoda Tinibekka bag‘ishlangan. “Muhabbatnoma” aynan o‘zbek tilida Muhammad Xo‘jabekning homiyligi va taklifi bilan, “Qisasi Rabg‘uziy” Xorazm beklaridan To‘qbug‘abekning iltimosi bilan yozilgan va h. Bulardan tashqari, til jihatdan “Qisasi Rabg‘uziy”ga yaqin bo‘lgan “Tafsir” va “Siroj ul-qulub” asarlari ham Oltin O‘rdada yaratildi.

Albatta, Oltin O‘rda abadiy davlat bo‘lib qola olmadi. SHahzodalar o‘rtasidagi mulkparastlik hukmronlikka intilish Oltin O‘rdani ichdan emira boshladi. Oltin O‘rda, Tovka Temur va SHaybon sulolalari o‘rtasidagi ixtiloflar XIV asrning 60-yillarida kuchaydi. Aslida tanazzul alomatlari Oltin O‘rda ikkiga – Ko‘k O‘rda va Oq O‘rdaga bo‘linib ketgan paytda boshlangan edi. Ayniqsa Jonibek davrida (1340-1357) tanazzul tezlashdi.

Oltin O‘rda davlatining tanazzuliga yana bir sabab – Oltin O‘rdadagi iqtisodiy buhronlar, ishlab chiqaruvchi kuchlar izdan chiqib borayotgani, hunmarmandlarning va boshqa tabaqa aholining katta qismi qashshoqlashuvi, faqat mahalliy bozorlar bilan chegaralanib qolingani edi. SHubhasiz, iqtisodiy va siyosiy zaiflashuv Oltin O‘rdaning adabiy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oltin O‘rda adabiy hayoti iqtisodiy va siyosiy buhronlarga aralashib, tanazzulga yuz tutmasligi uchun vaziyatni ham, makonni ham o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Adabiy hayot tamomila o‘zga yurtga – Misrga ko‘chdi. Bu adabiyot ravnaqi uchun Misrda barpo etilgan turkiy qavmlar davlati asos bo‘ldi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin