Nasimxon rahmonov


Husayn Boyqaro (Husayniy)



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə61/63
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#107401
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Husayn Boyqaro (Husayniy)
Husayn Boyqaro Amir Temur Ko‘ragon naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o‘g‘lidir. Husayn 1438 yili Hirot shahrida tug‘ilgan. 1469 yili Hirot taxtini egallab, 1406 yilgacha Xurosonning hukmdori bo‘ladi.

Husayn Boyqaro, Navoiyning ta’biri bilan aytganda, forsiy va turkiy tilda she’r yaratish iqtidoriga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, asosan turkigo‘y shoirlarni o‘z ona tillarida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar bergan. Bu haqda Naoviy quyidagilarni yozadi: “Va iltifot va ehtimom yuzidin ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg‘a hukmlar ham joriy bo‘ldi va so‘z uslubig‘a ta’yinlar va adosig‘a ta’limlar ham izhori bo‘ldi”.137 Bu voqea turkiy adabiyot tarixida katta siyosiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘ldi.

Navoiy Husayn Boyqaroni etuk shoir sifatida ko‘rsatishdan avval, uning shaxsiyati haqida, iste’dodini vujudga keltirgan omillar haqida “Majolis un-nafois”da so‘z yuritadi. Jumladan, Husayn Boyqaroning shajarasi haqida “Nasabnoma” bitilgan, ammo Navoiy bu “Nasabnoma”ni kim bitganligi haqida tazkirada aytmagan. Uning ta’riflashiga ko‘ra, Husayn Boyqaro “Nasabnoma”sining har sahifasi shunchalik go‘zal qilib bezalganki, Moniyning suratlari o‘za bezaklar qarshisida xijolatda qoladi. Boyqaroning obro‘-e’tibori, dong‘i sharhida “Nasabnoma”dagi voqealar bitilgan har bir sahifa CHin suratxonalarini uyaltiradi. SHuningdek, Husayn Boyqaroning shonu shavkati, tafakkur olami haqida Navoiy so‘z yuritib, Jamshid va Iskandarning bilganlari ham, qilganlari ham uning oldida hechdir va h.

Husayn Boyqaro biz uchun ulug‘ shoir sifatida qadrli. Navoiy uning devoni haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “Ul hazratning (ya’ni Husayn Boyqaroning – N.R.) xub ash’ori va marg‘ub abyoti bag‘oyat ko‘pdur va devon ham murattab bo‘lubdur. Devon ibtidosidan bunyod qilildi va har g‘azaldin bir matla’ yozildi”. SHundan so‘ng Husayn Boyqaro devonidagi har bir g‘azalning matla’ini keltiradi.Navoiy “Majolis un-nafois”da Husayn Boyqaro huzurida o‘tkaziladigan anjumanlarni “oliy majlis” deb yuritilgani va bunday majlisda eng etuk asarlar o‘qilgani va muhokama boisi bo‘lgan to‘g‘risida ma’lumot beradi. Navoiy “Majolis un-nafois”ning VIII bobini Husayn Boyqaroga bag‘ishlagan va uning devonidan 164 g‘azalning matla’ini keltirgan. SHoir Husayniy qo‘llagan poetik obrazlar, vositalar, shoirning she’riyatdagi ixtirolari yuzasidan fikr yuritgan. Misol sifatida “Majolis un-nafois”da Husayn Boyqaroning devonidan “alif” harfiga keltirilgan matla’ni olib ko‘raylik. Navoiy baytni keltirishdan oldin bayt mazmunini sharh qilib, mahbubning haddan ortiq iltifotidan behol bo‘lgach, hushsizlarcha o‘sha iltifotni izhor qilish ma’nosida quyidagi matla’ ajoyib ifodalanganini aytadi:

Evrulub gul boshig‘a bulbul visol o‘lgay anga,

Gul aning boshig‘a evrulsa, ne hol o‘lg‘ay anga.

(Bulbul gulning boshida aylanib, unga erishmoqchi bo‘ladi;

Agar gul bulbulning boshida aylansa, uning holi qanday bo‘larkin.)

Mana shu baytning o‘ziyoq Husayn Boyqaroning turkiy she’riyat homiysigina emas, balki amalda nihoyatda nozik didli shoir ekanini ko‘rsatib turadi.

Husayn Boyqaroning mahorati, iqtidori shu qadar baland bo‘lganki, boshqa turkigo‘y shoirlar amalda istifoda eta olmagan g‘azalga mahorat bilan yondashadi. Masalan, uning devonidagi “se” harfiga bitilgan baytni keltirishdan oldin Navoiy quyidagi sharhni beradi: “Bu harfda turk shuarosining malik ul-kalomlari she’r aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, to anga ne etgayki, bu muqobalada kishi oni keturgay yo nisbat bergay . Bu matla’ tarifida muncha basdur:


YOr ko‘yidin o‘tarda ko‘rguzur bu zor maks,

So‘z desa dog‘i javobida qilur bisyor maks

(Bechora oshiq mahbubasining ko‘chasidan o‘tganda, bu bechora to‘xtab qoladi;

Mahbuba bir so‘z aytsa, javob berolmay, yana ko‘proq to‘xtab qoladi)”.

Oshiqning ma’shuqa oldida ojizu notavon holatini shoir ana shunday tavsif etadi.

Navoiy Husayniyning etuk she’rlariga yuksak baho beradi, ayniqsa uning she’rlari turkiy tilda yozilganligini alohida ta’kidlaydi (misol).

Zahiriddin Muhammad Bobur ham “Boburnoma”da Husayn Boyqaroning faoliyatiga yuksak baho beradi. “Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamona erdi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu erdi. Har kishingikim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, qimmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a etkurgay”. (Boburnoma, Toshkent, 1960, 239-240-betlar.)

Husayn Boyqaro Navoiyga bag‘ishlab “Risola” ham yozgan. “Risola” “Munojot” ruhida yozilgan. Misol.“Risola”da ham shoh, ham shoir bu olam saodati va cheksiz ne’matlariga etkazgani, Jomiy va Navoiy kabi allomalar bilan zamondosh, hamnafas qilgani uchun Xudoyi Taologa shukrona aytadi.


Xulosa
Biz o‘zbek mumtoz adabiyotining eng qadimgi davrlardan XU asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan tarixi bilan tanishib chiqdik. Mazkur qo‘llanmada ilk marta islomgacha bo‘lgan davr turkiy, ya’ni o‘zbek adabiyotining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyoti, shuningdek, “Qisasi Rabg‘uziy”, “Nahjul- farodis”, “O‘g‘uznoma”, “Jome’ut-tavorix”, “To‘rt ulus tarixi” kabi bir qator e’tibordan chetda qolib kelgan badiiy, tarixiy-adabiy asarlar oliy o‘quv yurtlari dasturiga kiritildi va mazkur qo‘llanmadan ham joy oldi. Albatta, hali qo‘llanmada jiddiy yoritilishi zarur bo‘lgan masalalar bor.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin