Nasimxon rahmonov



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə56/63
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#107401
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Terak tubtun jig‘ildi, kim turg‘uzoro, xonim?

(YA’ni, daryo boshidan loyqalandi, uni kim tozalaydi, ey podshohim? Terak ildizidan quladi, uni kim turg‘izadi, ey podshohim?)

CHingizxon Jarchining savoliga shunday javob berdi:
Tengiz boshdan bulg‘onsa, tindurur ulum Jo‘jidir,

Terak tubdin jig‘ilsa, turg‘uzur ulum Jo‘jidir.

(YA’ni, agar daryo boshidan loyqalangan bo‘lsa. Uni tindiruvchi mening o‘g‘lim Jo‘jidir. Agar terak yog‘ochi ildizidan qulagan bo‘lsa, uni turg‘izuvchi o‘g‘lim Jo‘jidir).

Jarchining ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqdi. CHingizxon fojiani anglaydi va quyidagi baytni aytadi:

Ko‘zing yoshin chungur turlu liq-liq to‘ldi bo‘lg‘aymu?



Jiring ko‘ngul o‘rkutur Jo‘chi o‘ldi bo‘lg‘aymu?

(YA’ni, ko‘zlaring o‘z yoshlarini dumalatmoqda, nahotki ko‘ngling to‘lib ketgan bo‘lsa? So‘zlaring yuraklarni o‘rtadi. Nahotki Jo‘ji o‘dgan bo‘lsa?)


Jarchi CHingizxonning bu baytiga quyidagicha javob beradi:
So‘ydamakka erkim yo‘q, sen so‘ylading, o xonim,

O‘z yarlig‘lig‘ ozarg‘a javobdi o‘ylading, o xonim!

(YA’ni, bu haqda gapirishga qudratim va ixtiyorim yo‘q, o‘zing shunday buyurgansan, ey podshohim! O‘z hukming o‘zing uchun bo‘lsin, to‘g‘ri fikr qilding, ey podshohim!)

CHingizxon Jo‘jini boshqa o‘g‘illaridan ham ko‘ra nihoyatda yaxshi ko‘rar edi. CHingizxon: “Kimki Jo‘ji xonning o‘limini talga olsa, mening siyosatimga (ya’ni jazoimga) duchor bo‘ladi”, deb ogohlantirgan edi. Jarchining javobidan taqdirga tan bergan CHingizxon shunday deydi:

Qulon olg‘on quvlandi, qulunimdan ayrildim,

Ayrilishqon anqudi er ulumdan ayrildim!

(YA’ni, ov qilish uchun ov maydonida quvlanayotgan qulonga o‘xshayman, qulon o‘zi qochadi. Ammo bolasi qoladi, men ham xuddi qulon kabi bolamdan judo bo‘ldim!)

Bu voqea, shubhasiz, kitobxonni larzaga solmasdan qo‘ymaydi.

Haydar Xorazmiy

Haydar Xorazmiy X1U asrning oxiri – XU asr boshlarida yashab ijod etgan. Navoiy «Majolis-un-nafois» da unga «Mavlono Haydari turkigo‘y» deya ta’rif bergan. «Muhokamat-ul-lug‘atayn»da esa quyidagilarni o‘qiymiz: «SHohruh sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo‘ldilar. V aul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab’ salotine zuhurg‘a keldi; shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va YAqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar…»* Davlatshoh Samarqandiy (XU asr) «Tazkirat-ush-shuaro» asarida Haydar Xorazmiy to‘g‘risida quyidagilarni zikr etadi: «Sulton Iskandar hukmronligida fozil kishilardan Mavlono Muiniddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydarning turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she’rlari bor va u Nizomiyning «Maxzanul-asror»iga o‘zbek tilida javobyozib, uni shahzoda Iskandar otiga bag‘ishladi». Darhaqiqat, Haydar Xorazmiyning «Gulshanul-asror» asari Nizomiyning «Maxzanul-asror» asaridan ilhomlanib yozilgan. SHoir asarning nazm etilishi sababi to‘g‘risida shunday xabar beradi:

Ulfat ila begi ulandi alif,

Vuqusidin qofiya topti radif,.

«Mahzani asror» bu ramz erdi, bil,

Notiqa bu ko‘zgudin o‘grandi til.


Haydar Xorazmiy

Temuriylardan Umarshayxning o‘g‘li Iskandar Mirzo hukmronligi davrida (X1U asrningboshlari) yashab ijod etdi.«Gulshanul-asror» o‘zbek tilidagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasidir. Asar taxminan 1409-1414 yillarda yozilgan.

HaydarXorazmiy o‘z asarida Nizomiy Ganjaviyni hurmat bilan tilga oladi, unga so‘z ganjining podshohi sifatida yuksak ta’rif beradi. Haydar Horazmiyning «Gulshanul-asror»i Nizomiyning asaridan hajman ancha kichik bo‘lib, 639 baytdan iborat masnaviydir.

Haydar Horazmiy «Gulshanul-asror» asarini yaratish bilan o‘zbek adabiyotida she’riy hikoyaning rivojiga munosib hissa qo‘shdi. «Gulshanul-asror»dagi hikoyatlar pand-nasihat mazmunida bo‘lib, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalar qalamga olingan. Umuman, Haydar Xorazmiy bu asari bilan uzoq tarixga ega bo‘lgan falsafiy-didaktik dostonchilikning yangi davrini boshlab berdi. «Gulshanul-asror»ning tarkibi quyidagicha: «So‘z ta’rifining bayoni»; bu qismda muallif (to‘ldirishkerak: nimahaqdaso‘zketgan); «Musannifning vasfi xoli»(nimabu?); «Kitob yozilishi bayoni» (nimauchunyozildi?); «Mav’iza» (o‘git, nasihat). SHundan keyin quyidagi hikoyatlarni keltiradi: «Bo‘z to‘quvchi kampir va bazzoz hikoyati», «Hotam Toy hikoyati», «Mahmud G‘aznaviy haqida hikoyat», «Horun bilan Bahlul hikoyati»; «So‘nggi so‘z». Xullas, asarda muallif to‘rtta hikoyat va hikoyatlar orasida berilgan mav’iza hamda maqolotlar orqali halollik, rostlik, to‘g‘rilik va barcha insoniy fazilatlar to‘g‘risida so‘z yuritadi.

O‘zbek mumtoz adabiyotida Lutfiy qalamiga mansub deb qarab kelingan «Gul va Navro‘z» dostoni keyingi manbalar va tadqiqotlar natijasida HaydarXorazmiy asari ekani ma’lum bo‘ldi.*




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin