Nasimxon rahmonov



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə59/63
tarix01.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#107401
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi

Hofiz Xorazmiy*
Xofiz Xorazmiyning hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar deyarli yo‘q. SHoir yashagan davr, uning zamondoshlari va o‘z hayoti haqidagi ma’lumotlarni uning qasidalari, g‘azallari, qit’a va ruboiylarigina bera oladi. SHoirning asl ismi Abdurahim. Uning ettita forscha g‘azalida Rahim, Abdurahim ismi taxallus sifatida keltiriladi. Navoiyga qadar XIV asr oxiri XV asr boshlarida mukammal devon tartib etgan shoir Hofiz Xorazmiydir.*

Hofiz Xorazmiyni SHohruhning kichik o‘g‘li, Fors o‘lkasining hukmdori Ibrohim Sulton vafotiga bag‘ishlangan marsiyasi bor. Ibrohim Sulton 1435 yili SHerozda vafot etgan. Demak, bu davrda Hofiz Xorazmiy hayot bo‘lgan va SHerozda yashagan.

Hofiz Xorazmiyning butun merosi 37 ming misradan ortiq. SHoirning ijodi XV asrning birinchi yarmidagi o‘zbek adabiyotining takomili to‘g‘risida aniq xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Hofiz Xorazmiyning XV asr birinchi yarmidagi shoirlar ijodidan farqli jihati shuki, arab-fors so‘zlari kam, xalq tiliga yaqin so‘zlardan ko‘proq foydalangan, Xorazm shevasiga xos so‘zlar ko‘p uchraydi.

Hofiz Xorazmiy devonining tarkibi quyidagicha: qasidalar – 9 ta, tarkibband – 1ta, tarje’band – 3 ta, muxammas – 1ta, marsiya – 1 ta, g‘azallar – 1052 ta, mustazod – 2 ta, qit’a – 31 ta, ruboiy – 12ta.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin