Tohir Xo`jayev
ALISHER NAVOIY “XAMSA”SINI O`RGANISH
(O`quvchilar, talabalar, o`zbek tili va adabiyoti fani
o `qituvchilari uchun o`quv-uslubiy qo`llanma)
Ushbu qo`llanmada Alisher Navoiy “Xamsa”sini o`rganish va anglash bo`yicha nazariy, uslubiy ma’lumotlar berilgan.Unda shoir dostonlaridagi sir-u sinoat, keng o`quvchilarga yetarlicha ayon bo`lmagan jihatlar, “Xamsa” jumboqlarini tushunishni osonlashtirish, shoir g`oyalarini teranroq his qilish imkoniyatiga ega bo`lish maqsad qilib olingan.
Mazkur kitob umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchi, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari, oliy o`quv yurti talabalarining Navoiy “Xamsa”si haqida kengroq ma’lumot olish, dostonlar mohiyatini yetarlicha anglash, misralarni aniq tahlil qilishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |