Navoiy davlat konchilik universiteti huzuridagi nukus konchilik instuti umum texnika fakulteti



Yüklə 101,87 Kb.
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü101,87 Kb.
#137224
1   2   3   4   5
ABSORBSIYALSH KURS ISHI

2.3.Absorbsiya koeffisienti
Absorbsiya jarayonida massa almashinish mexanizmi quyidagicha: har bir faza asosiy massa va chegaraviy yupqa qatlamdan iborat bo’ladi. Asosiy massaga yutiluvchi komponent konvektiv diffuziya yo’li bilan o’tadi. Ikkala chegaraviy yupqa qatlamda esa, yutiluvchi komponentning o’tishi molekulyar diffuziya usulida boradi. SHuning uchun, absorbsiya jarayonida massa o’tkazishga bo’lgan qarshilik chegaraviy yupqa qatlamlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Suyuq, yupqa qatlamdagi massa o’tkazishga bo’lgan qarshilik 1/u, gazdagi esa - m/x bo’lsa, massa o’tkazish koeffisienti ushbu tenglamadan hisoblanadi.
х у у m К     1 1 (5.6)
5 m К x y х   1 1 1   (5.7)
Koeffisient m ning kattaligi massa o’tkazish tenglamasining tuzilishiga ham tasir etadi. YAxshi eriydigan gazlar uchun m ning qiymati juda kichik bo’ladi. SHuning uchun, suyuqlik fazasidagi diffuzion qarshilik ham kichikdir. 1/u>>m/x bo’lgani uchun, (5.6) tenglama quyidagicha yoziladi: Кy   y Qiyin eriydigan gazlar uchun proporsionallik koeffisient m ning qiymati juda kattadir. SHuning uchun gaz fazasidagi diffuzion qarshilikni inobatga olmasa ham bo’ladi. 1/x >> 1/um bo’lgani uchun, (5.7) tenglama quydagicha yoziladi: Кх   х yani, hamma diffuzion qarshilik suyuq fazada mujassamlangan bo’ladi. O’zgarmas harorat va umumiy bosimda muvozanat holatdagi gazning parsial bosimi bilan suyuq faza tarkibining o’zaro bog’lanishi bir xil bo’ladi. Bu bog’lanish Genri qonuni bilan ifodalanib, erigan gazning parsial bosimi eritmadagi uning mol qismiga proporsionaldir:
PA  ExA * (5.8)

Suyuqlikdagi gazning eruvchanligi ma’lum haroratda uning suyuqlik yuzasidagi parsial bosimiga proporsionaldir:


PA E x * 1  (5.9)
bu erda * PA - muvozanat holatidagi eritmada konsentrasiyasi xA bo’lgan yutilayotgan gazning parsial bosimi; x* - eritmadagi gazning konsentrasiyasi (mol hisobida), bu gaz bilan suyuqlik fazalari muvozanatlashganda yutilayotgan komponentning parsial bosimi RA ga teng; E - proporsionallik yoki Genri koeffisienti. Genri koeffisientining miqdori berilgan gaz uchun yutayotgan suyuqlik va gazning tarkibiga, haroratiga bog’liq. bo’lib, sistemaning umuiy bosimiga bog’liq emas. E ning haroratga bog’liqligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
C RT q ln E    (5.10)

Xulosa
Absorbsiya qurilmalari ishlash rejimiga ko’ra davriy va uzluksiz bo’ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbsiya qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko’pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. Gaz va suyuq fazalarning yo’nalishiga ko’ra, qarama-qarshi va to’g`ri yo’nalishli absorbsion qurilmalar mavjud.
Absorbsiya qurilmalari ish prinsipiga asosan bir va ko’p pog`onali, resirkulyatsiyali va regenerasiyali bo’ladi.9-rasmda uchta absorber ketma-ket ulangan qarama-qarshi yo’nalishli qurilmaning sxemasi ko’rsatilgan. Qurilma tarkibiga absorberlar 2 dan tashqari eritma yig`gichlar 1, eritmani haydash uchun markazdan qochma nasoslar 4 va eritmani sovitish uchun issiqlik almashgichlar 3 kiradi. Yutuvchi suyuqlik gazning yo’nalishi bo’yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan pastga oqib, qabul qiluvchi yig`gichga tushadi va nasos yordamida sovitgich orqali oldingi absorberga yuboriladi. Shunday qilib, qarama-qarshi yo’nalishdagi gaz va suyuqlikning o’zaro ta’siri yuz beradi.
Ma`lumki, fizik absorbsiya ko`pincha qaytar jarayon bo`lgani sababli, ya`ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo`ladi. Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko`p marta ishlatish imkonini beradi. Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (to’qnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur. Fazalarning to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuligako’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: l) plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi.


Yüklə 101,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin