Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə1/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI


«ENERGO MEXANIKA» FAKULTETI
«AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH» KAFEDRASI



Soha iqtisodiyoti va menejmenti fanidan



Mustaqil ish


Mavzu: Korxonada foydani shakllantirish va oqilona taqsimlash

talaba: Malikov Sherzod


guruh: 31-sG-20 TJA 3-kurs
o’qituvchi: Baxronova Sh.

Navoiy – 2023
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayoni


Reja:

Kirish.


  1. Asosiy qism.

  2. Boshqaruv usullari.

  3. Farmoyishli ta’sir o’tkazish shakllari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo`yicha
tanlangan strategiya va dasturlarni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi
sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur`atlarini
ta`minlash, aholining moddiy farovonligini oshirishga erishishi bilan birga
boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va innovatsiyaning rivojlanishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi zamonaviy muttaxassis kadr ham tadbirkor, ham tashkilotchi, shu bilan birga ayni paytda o`z huquqini biladigan va himoya qila oladigan kishi bo`lishi kerak. Zamon talablariga javob beradigan fidoiy, yangilikka intnluvchan, tashabbuskor, kasbiy bilimlarga ega bo’lgan kadrlarini tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish va kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Hammamiz yaxshi tushunamizki, oldimizda turgan keng ko’lamki vazifalarni
bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir
bir qator ishlarni, albatta, amalga oshirishimiz kerak”.1
“Iqtisodiyot va menejment”ni fan sifatida kiritish hozirgi paytda katta iqtisodiy
yutuqlar, innovatsion o`zgarishlar, inson mehnatiga umuman yangi bo`lgan
yondashuvlar, ijodiy individullikning rivojlanishi bilan bog’liq. Ushbu
yo`nalishlarning barchasini o`rganish mamlakatda ijtimoiy yo`naltirilgan, rivojlangan hamda samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko`maklashadi.
Bugungi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida
fanini o`rganish ehtiyoji kun sayin kengayib bormoqda. Zamonaviy muttaxassis kadr iqtisodiyot va menejmentning sir-asrorlarini mukammal o’zlashtirgan hamda keng qamrovli tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo’lishi davr talabidir
Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko’rsatish yo’li. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan usul deganda boshqaruv ob’yektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan
usullar, ya’ni tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. Ta’sir ko’rsatish nuqtai azaridan usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ’yektiga ta’sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
 funktsional tizimosti ob’yektlarini boshqarish usuli;
 boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
 boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Boshqaruv jarayonida ko`pgina turli xil usullar, yondashuvlar va uslublar
qo`llaniladi. Ular menejment funktsiyalarini, qaror qabul qilish uchun zarur bo`lgan
bosqichlar, protseduralar va operatsiyalarni bajarishni tartibga solish, maqsadga
yo’naltirish va samarali tashkil qilish imkoniyatlarini beradi. Har xil yondashuvlar,
yo`sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining
majmui – boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin