KIRISH
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston
Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi til va adabiyot instituti, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma'rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug' shoir nomi bilan ataladi.
Navoiy, nafaqat o‘zbek xalqi,
balki butun dunyo, Sharq-u G‘arb xalqlarini o‘ziga rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o‘qiydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida bu haqida shunday yozgan edilar: "O‘zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishida g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yanabiri- bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni
tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha'n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"
1.
Ruboiy ko’p sayqal topgan dovrug’dor janr. Uning olamaro shuhrat topishi avvalo bu sohaning Benazir ustodi Umar Xayyom Nishopuriy nomi bilan bo’g’liq.O’zbek adabiyotida ruboiy qadimdan mavjud she’riy shakl bo’lsada , u o’zining yuksak taraqqiyotiga Alisher Navoiy va Bobur ijodlari orqali erishildi. Ammo shungacha bu janr juda uzoq murakkab evolyutsion jarayonni
boshidan kechirdi
1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: M'anaviyat, 2008. – B. 47.