7.Konflikt, unda ishtirok etuvchi tomonlarning har biri uning echimidan qoniqish hosil qilmasa ham, hal etilgan bo’ladi. Noto’g’ri va stereotip qarash. Konflikt echimidan maqsad bu to’qnashgan tomonlarning o’z xohish va irodasiga suYangan holda o’zaro istiqbol, ya’ni kelgusi hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt echimi – tomonlar kelishuvi va tinchlikda yashash uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan iboratdir. Konflikt o’choqdagi olovga o’xshaydi, agar olov o’chgan bo’lsa ham, uchqunlar qolgan bo’lsa, konfliktning qayta olovlanishi hech gap emas. Demak, konfliktning to’la echimi, ya’ni haqiqiy hal bo’lishi uchun har bir tomon ham to’la qoniqish xissini tuygan, uning echimidan to’la rozi bo’lgan bo’lishi shart. Agar konflikt echimidan qaysi bir tomon qoniqmagan bo’lsa, uning qayta «olovlanishiga» sabab va imkoniyat doim mavjud bo’ladi.
Odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo’ladi.
Noto’g’ri. Konfliktlar echimi bizni zo’ravonlikdan voz kechishga o’rgatadi. Ammo biz hayotda ko’pchilik hollarda aynan zo’ravonlik asosida ziddiyat echimini topishga urinish mavjudligini kuzatamiz. Ammo bunday xulosa, ya’ni konflikt albatta zo’ravonlik asosida hal etilishi lozim deb o’ylash, aslida noto’g’ri va zararli qarashdir. Konfliktning muvaffaqiyatli echimini topaman desangiz, muammoni shaxs va insondan ajraga bilish, alohida ko’ra bilish muhimdir. Konflikt aslida – inson emas. Aslida konflikt bu – muammo. Mazkur muammoni siz bilan to’qnashgan odam emas, balki vaziyat vujudga keltirgan. Konfliktni echmoqchi bo’lsangiz, insonga, uning shaxsiyatiga emas, balki muammoga hujum qila bilish zarur. Konfliktning kelib chiqishida inson emas, mavjud muammo aybdor. Va konfliktning echimini topish uchun eng qulay va effektiv vosita zo’ravonlik emas. Zo’ravonlik konfliktni echimga olib kelmaydi, balki uni chuqurlashtiradi. Zo’ravonlik aslida konflikt echimini topish va uni hal etish yo’li bo’lmay, balki insonni ezish, kamsitish, qo’rqitish, unga jismoniy zug’um o’tkazish yo’lidir. Zo’ravonlik inson ustidan nohaq hukm chiqarishdir. Inson hayoti ustidan o’tkazilgan har qanday zo’ravonlik dunyoviy davlat qonunchiligida ham, diniy e’tiqod va din tamoyillarida ham qoralanadi. Konflikt doirasida bo’ladimi, konfliktdan ayri holda bo’ladimi, zo’ravonlikning har qanday ko’rinishlarini oqlab bo’lmaydi.SHu bois, odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ridir.