Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


«Bu mening ishim emas» usuli – «STRAUS»



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə118/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

«Bu mening ishim emas» usuli – «STRAUS»
«Meni tinch qo‘yinglar! Meni hech narsa qiziqtirmaydi!»

Siz konfliktning yechimini qidirish o‘rniga undan qochasiz, ammo bu qochish “qo‘y” usulidan farq qiladi. Agar “qo‘y” usuli konflikt mavjudligini tan olsa, siz “konflikt – yo‘q” deb turib olasiz. Ya’ni siz umuman konfliktni tan olmaysiz, buning natijasida sizning emotsiyalaringiz zarar ko‘rmaydi. Siz qaylardadir undan yashirinib yurasiz, muammo mavjudligini tan olgingiz kelmaydi. Konflikt kelib chiqqanligini va uni yechish lozimligini o‘ylagingiz kelmaydi. Mashmashalardan qochasiz. “Ularni o‘ylamasa, ular yo‘q bo‘ladi”, deb o‘ylaysiz. «Ko‘y» yengilgan vaziyatda, siz umuman uning mavjudligini ham tan olgingiz kelmaydi. O‘zingizni konflikt yechimi borasida o‘ylashga, fikr qilishga majbur qila olmaysiz, bu haqida o‘rtoqlashgingiz ham kelmaydi. Agar siz konflikt vaziyatga tushib qolsangiz, eng avvalgi reaksiyangiz – “bu mening ishim emas”, deyishdir. O‘zingizni hech narsa bilmagan, hech narsa ko‘rmagan, hech narsa hal qila olmaydigan odam sifatida ko‘rish sizga qulayroq bo‘ladi. Siz konflikt kelib chiqqan yerdan o‘zingizni olib qochasiz, boshqa xonaga chiqib ketasiz, yoki samovorga yo‘l olasiz, suhbat mavzusini o‘zgartirishga harakat qilasiz, konflikt yechimini qidirishni keyinga qoldirasiz yoki uni “umuman mavjud emas” deb hisoblaysiz. Bu fikringiz shunday qat’iy fikrga aylanadiki, boshqalarga ham “umuman hech narsa bo‘lgani yo‘q, boshimni qotirmanglar” tarzida muomala qilishni boshlaysiz. Shu bois, agar boshqalar konflikt yechimini qidirib, uni hal etishga kirishsalar, siz uchun eng qulay vaziyat kelib chiqqan bo‘ladi. Eng muhimi sizni bezovta qilishmasa, bas. Hamma narsani sizsiz hal qilishaversin. Odatda sizning muammolaringizni boshqalar hal etishini ko‘proq xush ko‘rasiz.


Usulning afzalliklari: Siz hech qachon yoqalashish, mushtlashish, urush – janjal vaziyatiga tushmaysiz. Chunki har doim biror bir ziddiyat vujudga kelayotgan joydan qochishga ulgurasiz. Havfli vaziyatlardan o‘zini saqlash va ziyonsiz chiqib keta olish juda yaxshi malaka hisoblanadi. Siz hech qachon to‘qnashuvlar asosida kelib chiqadigan jismoniy zo‘rlik bilan to‘qnashmaysiz, o‘zingizning salomatligingiz posboni hisoblanasiz.
Usulning kamchiliklari: Ammo siz o‘zingizni kuchli va o‘zini himoya qilishga qodir inson deb hisoblamaysiz. Siz strausdek har doim konfliktni ko‘rganda boshingizni yerga tiqib olasiz. Siz hech qachon o‘z muammolaringizni yechishga tayyor bo‘lmaysiz, uning hal bo‘lishi uchun yo‘l-yo‘riq qidirmaysiz. Va agar sizning muammolaringiz boshqalar tomonidan hal etilsa ham, bu yechim yuzaki, adolatsiz va omonat, ya’ni vaqtinchalik, o‘tkinchi bo‘lishi mumkinligini tushunsangiz ham, ularga aralashmaysiz. Bu esa sizning manfaatlaringizga qarshi yechimlar va xulosalar bo‘lishi ham mumkin. Umuman muammolarni jiningiz suymaydi, siz ulardan qo‘rqasiz, shu bois, bu usulning eng yomon oqibati, o‘z muammolaringizdan qutulish uchun boshqa zararli yo‘llarga kirib ketish hollari kuzatiladi, shu bois sizning narkotik va alkogolga ruju qo‘yishingiz ehtimoli mavjud.



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin