Agressiv usul – «AKULA» «Kim nima desinchi?!
Kim menga qarshi?! Qani o‘zi zo‘r bor-mi?!»
Sizning shoiringiz – doimo, har qanday vaziyatda ham faqat va faqat “g‘olib” bo‘lish. Konfliktli vaziyatda siz uchun g‘olib chiqish - muammoning hal bo‘lishi, ya’ni konflikt yechimidan ko‘ra afzalroqdir. Ayb sizdaligini bilsangiz ham “g‘olib” chiqishga intilasiz. “G‘olib” bo‘lish uchun hech narsadan toymaysiz. Siz “g‘olib” bo‘lishlikni konflikt yechimidan, muammoning hal qilinishidan ko‘ra yaxshi ko‘rasiz va shuni rejalashtirib, harakat olib borasiz. Aslida, konflikt yechimi “to‘g‘ri” yo‘l ekanligini bilmaysiz, yoki unga ishonmaysiz. Siz har qanday boshqa bir odamni aybdor qilishga tayyorsiz va ko‘pincha «kerak», «lozim», «zarur», «bo‘lishi kerak» kabi so‘zlarni ishlatasiz. Sizning jahlingiz tez, bir pasta g‘azablanasiz, qahringiz qattiq, jizzakilik siz uchun oddiy hol, sabr bilan birovni eshitishga qodir emassiz. Opponentingizning fikrlarini jim turib eshitishni - unga bo‘y sunish sifatida qabul qilasiz. Atrofingizdagi odamlar har qanday vaziyatda albatta “g‘olib” chiqishingizni ko‘rishlarini va sizning kuchingizni tan olishlarini istaysiz. Bunda adolat buzilishi sizni o‘ylantirmaydi. Siz ko‘p qizishasiz, boshqalarga bosim o‘tkazasiz, baqirishingiz ham mumkin. Haqiqatan ham siz ko‘p hollarda g‘oliblikni qo‘lga kiritasiz, ammo boshqalarning aziyat chekishi hisobiga, boshqalarning manfaatlari buzilishi hisobiga.
Usulning afzalliklari: Siz har doim o‘z emotsiyalaringizni oshkora tutasiz, fikrlaringizni erkin bayon qila olasiz. Siz faol bo‘lishni, mas’uliyatni o‘zingizga olishni hamda tavakkalchilikni yoqtirasiz. Har doim salbiy his-tuyg‘ularning ochiq chiqib ketish imkoniyati mavjudligi sizni emotsional krizislardan asraydi. Siz ichingizda ezilib, qiynalib yurmaysiz. Depressiya degan so‘z – sizga yot.
Usulning kamchiliklari: Sizning faqat o‘z manfaatlaringiz uchun harakat qilishingiz atrofingizdagi do‘st va vafodor odamlarni chetda qoldirmaydi, sizning emotsional portlashlaringizdan ko‘p yaqinlaringiz qiynaladi, boshqalar fikrini mensimasligingiz, faqat o‘zingizga ishonishingiz odamlar bilan munosabatlaringizni qiyinlashtirib qo‘yadi. Siz kamdan-kam boshqalar maslahatiga quloq solasiz va boshqalar bilan kelishib ishlaysiz. Ko‘proq boshqalar siz bilan kelishishi kerak bo‘ladi. Muammo shundaki, sizdagi xislatlarning zo‘ravonlikka o‘tib ketishi juda oson. Siz zo‘ravonlik qilish va uni o‘tkazishdan tortinmaysiz. Zo‘ravonlikni tabiiy hol sifatida qabul qilasiz. Zo‘ravonlikning ko‘payishi esa jinoyatga olib kelishi mumkin. Ammo siz bu to‘g‘rida o‘ylamaysiz. Sizning har doim g‘olib bo‘lishingiz zaruriyatga, oddiy holga aylanib boradi. Sizning “g‘olib”ligingiz boshqaning “mag‘lubiyati” ekanligini o‘ylamaysiz.
Dostları ilə paylaş: |