Konfliktdan chiqib ketishda insonning emotsional-psixologik holati.
Tayanch so’z va iboralar:ziddiytalar, adolatparvarlik, konflikt, pedagogik konflikt, adolatparvarli mezonlari, boshqarish, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, ziddiyatni yechish, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya, moslashish, muammoda fikr jamlash
Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari
Konfliktlar – tabiiy hayotiy voqelik ekanligini biz endi bilamiz. Bunday bilimlardan so‘ng o‘z hayotimizdagi tinchlik va osoyishtalik uchun bizning mas’uliyatimiz ortadi. Chunki tinchlik va osoyishtalik har doim ham o‘zicha davom etavermaydi. Har bir joyda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlay olish zarur. Konfliktli vaziyatlar esa mana shu osoyishtalik tizimini buzadi.
Ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlikning qo‘llanishiga olib keladi. Biroq, zo‘ravonlik – odatdagi hayotiy voqea emas. Konfliktda zo‘ravonlikning qo‘llanilishi bu ziddiyatning nihoyat darajada eskalatsiya va agressiyaga olib kelish natijasi hisoblanadi. Har qanday konfliktli vaziyatning oldini olsa bo‘ladi. Afsuski, ko‘p hollarda konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati boy beriladi.
Bunday ahvoldan qanday chiqib ketish kerak?! Bu holda «Adolatparvarlik mezonlari» bizga qo‘l keladi hamda konfliktni zo‘ravonliksiz va kuch ishlatmasdan muvaffaqiyatli hal etishga imkon yaratadi. «Adolatparvarlik mezonlarini» qo‘llash, hech kim mag‘lub emasligini, balki barcha g‘olib bo‘lib qolishini isbotlaydi. Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik mezonlari, ya’ni qoidalari kuyidagilardan iborat: