Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə14/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

1-chizma. Pedagogik nizoning kelib chiqish va to‘qnashish
jarayoni modeli.

Bu jarayonning birinchi bosqichida pedagogik nizo chiqishi uchun vaziyat tug‘iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi ob’ektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to‘qnashuv sodir bo‘lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.


Ikkinchidan, nizoning qanday tugaganligi, uning qanday yechimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Nizo, o‘zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi nizo o‘z yechimini topganligini har doim ham anglatavermaydi.
Masalan, ziddiyatli tomonlar ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi, deylik. Nizo nihoyasiga yetgan deb xulosalash mumkin. Ammo bu - manfaatli tomonlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyat tugaganligini anglatmaydi. Nizo qolaveradi. Shu bois, “konflikt yechimi” tushun chasi “konfliktning tugashi” tushunchasidan kengroq va aniqroq tushuncha hisoblanadi. Agar nizo tugashi tushunchasida har qanday nizoning har qanday tugashi, uning biror sabablarga ko‘ra nihoyasiga yetishi tushunilsa, nizoning yechimi tushunchasi uning biror “ijobiy” natija bilan, har ikki tomonni qoniqtirgan yaxshi xulosalar bilan to‘xtam va xulosa qilinganligini anglatadi. Nizoning yechimi uning haqiqiy tugatilganligi, ikki tomon o‘rtasidagi nizo va inqirozning yechimi topilganligi, o‘zaro qarama-qarshilik yo‘qotilganligi, tinchlik va totuvlik tamoyillari tomonlar o‘rtasida o‘rnatilgan ligini anglatadi.
Nizolar yechimi bo‘yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning yechimi uchun har ikki tomon tarafidan juda katta sayi-harakatlar va intilish zarurligini, tomonlarning yechim va to‘xtamga kelishi oson kechmasligini ko‘rsatadi. Chunki nizo “o‘zidan-o‘zi” hal bo‘lib qoladigan voqelik emas. Uni hal qilish uchun birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslar ga kelish, umumiy va barchani qoniqtirgan yechimni topa bilish, jahldan voz kechish va boshqa bir qator amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Albatta, konfliktni mensimaslik, uni tan olmaslik (ignorirovat), uni o‘zicha talqin qilishga urinish bo‘lishi mumkin. Ammo bu holda nizo stixiyali tarzda, ya’ni hech kimga bo‘ysunmagan holda takomillashib, rivojlanib boradi, nizo keskinlashadi, yanada murakkablashadi, o‘z domiga boshqa shaxslarni ham torta boshlaydi, kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to‘xtamga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi, manfaatli tomonlar ko‘payadi va oxir-oqibat butun sistemani, ya’ni nizodan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.
Nizoning yechimiga kelish uchun muhim bo‘lgan talablardan biri – tomonlarning uning yechimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt yechimini topishga astoydil bel bog‘laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o‘z hoxishiga ko‘ra nizo yechimini topishga tayyor bo‘lmasalar, nizo yechimini topib bo‘lmaydi. Eng avvalo nizoni yuzaga keltirgan ob’ektiv sabablarga to‘xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, har qanday nizo sub’ektiv omillar (insonlar, guruhlar, tizimlar) ham ob’ektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan tashqi omillar). Nizo yechimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o‘z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo‘lishi mumkin. Nizo yechimini topish – tomonlarning bir-birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo‘ldir.
Shu nuqtai nazaridan, nizolar yechimini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning yechimga kelishi va to‘xtatilishi;

  • nizoning simmetrik yechimining topilishi va to‘xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi);

  • nizoning asimmetrik hal bo‘lishi (ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi);

  • nizo boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi;

  • nizoning asta o‘chib so‘nishi va yo‘qolib borishi.

Ko‘rinib turibdiki, aslida nizoning yechimiga qarab turlarga bo‘linishi, uning mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlarini o‘zida jamlamaydi. Chunki nizoning yechimga kelishida juda ko‘p nostandart holatlar mavjud bo‘ladi.
1) nizoning tupikka kirib qolishi;
2) zo‘ravonlik ko‘rsatish;
3) nizoning tinchlik bilan tugatilishi.
Boshqacha qilib aytganda, nizoning tupikka kirib qolishi – “biror muddatga uning yechimi to‘xtatilganligini”, zo‘ravonlik asosida hal bo‘lishi – tomonlarning bir-birini yo‘q qilishga urinishini, nizoning tinchlik bilan hal etilishi esa - uning konstruktiv, ya’ni aql bilan hal qilinishi imkoniyati ishga solinganligini anglatadi. Ammo har qanday vaziyatda ham konfliktning yechimi topilmaganligi uning umuman yo‘q bo‘lib borayotganligini emas, balki nizoning ochiq formadan “yashiringan” formaga o‘tib borayotganligini bildiradi. “Yashiringan” formadagi nizo esa nima oqibatlarga olib kelishi – tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarni o‘zida to‘plab borayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu holatlar – ijobiy sensorlarga tayansa, nizo yechimini topish uchun sharoit mavjud bo‘ladi, agar ular salbiy sensorlarni kuchaytirib yuborsa, demak, nizodagi keskinlikning oshib borayotganligini anglatadi. Shunday qilib:

  • nizoning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo‘rqmaslik va dovdiramaslik lozim;

  • nizoning sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish lozim;

  • konflikt(nizo) tomonlar manfaatlarining to‘qnashuvi hisoblanadi;

  • konfliktning yechimini topish uchun ikki tomonning ixtiyoriy sayi-harakatlar olib borishi va konflikt yechimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi;

  • har qanday konfliktning o‘z yechimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur;

  • konfliktning yechimi topilmaganda, u “so‘nishi”, yo‘q bo‘lganday ko‘rinishi mumkin, aslida konflikt o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq nizolarni keltirib chiqaradi;

  • konflikt yechimini ijobiy topish uchun ma’lum bilim va malakalarni egallash kerak bo‘ladi;

  • konflikt yechimini topish jarayonida ziddiyat qarama-qarshi odamga, uning shaxsiyatiga emas, balki ikkala tomon o‘zaro birlashib, o‘z mulohazalarini mavjud muammoga qaratishi lozim bo‘ladi;

  • konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi;

  • konfliktlar har doim mavjud bo‘ladi, shuning uchun ham yosh o‘qituvchilar(pedagoglar) ularni boshqarish malakasiga ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin