Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə162/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:


1-vaziyat. Tadqiqotchilarning fikricha, agar qulog‘i kar bolalar so‘zlashishga o‘rgatilsa, u holda 3 yildan so‘ng ularning ko‘pgina faoliyat turlari va psixik jarayonlarida kechikish kuzatiladi; mazmunli-rolli o‘yinlarga zarurat paydo bo‘lmaydi, fikrlashining rivojlanishi kechikadi.
Vazifa: nima uchun bevosita shu yoshda bolada ko‘pgina faoliyat turlarida kechikish hosil bo‘ladi?


2-vaziyat. Fransuz psixologi A.Peron tomonidan taklif etilgan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Sayyoramiz halokatga uchradi deb, faraz qilaylik. Buning natijasida, aholining katta yoshlilari vafot qilib, yer yuzida faqat kichik yoshdagi bolalar qoldi. Lekin, barcha moddiy ne’matlar saqlanib qolgan bo‘lsin.
Vazifa: bu holda insoniyatga, uning tarixiga nima bo‘lar edi? Bolalarning psixik rivojlanishi qanday kechar edi?


3-vaziyat. Bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga shu kunga qadar bolalar bog‘chasiga qatnamagan 4 yoshli Xurshid qabul qilindi. Xurshid mashinachasini o‘ynab bo‘lgandan keyin uni xona o‘rtasida qoldirib ketdi.
Vazifa: ushbu vaziyatda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi kerak?
4-mavzu: Nizo, uning mazmuni va turlari


Reja:
1. Nizo haqida tushuncha.
2. Nizo turlari.
3. Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar.
4. Shaxs toiflari va ularning xislatlari.


Tayanch so’z va iboralar: nizo, pedagogik nizo, ijtimoiy nizo, tarkibiy qism, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, g’oya, konflikt manbalari, shart-sharoitlar, nizo turlari, shaxs toifalari, shaxs xislatlari
Nizo(konflikt)lar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo‘q. Faqat nizolarni boshqarish, ularning yechimini topishga o‘rganish lozim.
Nizolar toifaologiyasi, ya’ni uning o‘ziga xos toifalarga, ko‘rinishlarga bo‘linishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. Chunki har bir real konflikt faqat uning o‘zigagina hos bo‘lgan xususiyatlardan iborat bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, nizolarni o‘xshash guruhlarga ajratib o‘rganish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Ammo nizolarni biror to‘xtamga, biror ijobiy natijaga keltirish usullari jihatidan ba’zi umumiy qoidalar va tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to‘g‘risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo‘lgan insonga nizodan foydalanish texnologiyasi to‘g‘risida gapirish foydasizdir.
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli sub’ektlar individ, guruh, o‘z-o‘zi bilan ichki nizolar holatlarida bo‘ladi.
"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o‘rtasida katta farq bor.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin