Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə185/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Pedagogik konfliktlarni oldini olishda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi haqida nimalarni bilasiz?


2. Pedagogik hamkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan kimlar shug‘ullanganlar?
3. O‘qituvchilarning hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etishda tayaniladigan tamoyillar va nazariy yondashuvlarni bilishlarini qanday parametrlar yordamida aniqlash mumkin?
4. Erkin fikrlovchi o‘qituvchilar hamkorlikka asoslangan o‘quv-biluv jarayonida qanday vazifalarni bajarishlari kerak?
5. Pedagogik hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etishda qanday tashkiliy shakllar namoyon bo‘ladi?
6. Hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayoni qanday o‘ziga xos jihatlarga ega?
7. Sinergetika atamasi qanday ma’noni bildiradi?
8. Bugungi kunda tolerantlik tushunchasi qanday me’yorlarini o‘zida mujassam etadi?
9. Tolerantlikning tarixiy ildizlari haqida so‘zlang.
10. Diniy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?
11. Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari nechanchi asrdan boshlangan?
12. 1995 yili 16 noyabrda Parij shahrida YuNESKO tashkilotining nechanchi Sessiyasida necha dunyo davlatlari ishtirokida qanday “Deklaratsiya” imzolandi?
13. Qaerda 16 noyabrni dunyo miqyosida tolerantlik kuni sifatida nishonlash an’anaga aylandi?
14. Vositachilikni, konfliktlar yechimi nazariyasida nima deb atashadi?
16. Vositachilik yo‘li bilan tarixda qanday konfliktlar o‘z yechimini topgan?
17. Konfiktda «har kim ham g‘olib bo‘la oladi»gan yo‘l yoki usul mavjudmi?


Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun “Keys” topshirig‘i


1-vaziyat. (o‘zining qilgan qilig‘idan vijdon azobi).
Onasi qizi Anoraga: “Bugun vaqtliroq kelishga harakat qilgin. Yangi ko‘chib kelgan yon qo‘shnimiz bizni bir piyola choyga taklif etdi, chiqib tanishamiz”, – dedi.
— Xayr, onajon. Soat oltida kelaman, – deb Anora tezda ko‘chaga chiqib ketdi. Keyinchalik Anora buni eslab, shunday deydi:
– Uyga qaytayotgan vaqtda, Shirin bilan avtobus o‘rindig‘iga o‘tirib maktabda bo‘lgan voqealar haqida gaplashdik. Bir bekatdan qariya ayol chiqdi va bizning oldimizga turib oldi. Uning qo‘lidaikkita to‘la sumka bor edi.
— Qizlar, sumkali ayolga joy bersangiz bo‘lar edi — deb kimdir gapirayotganini eshitdim.
— Ana bo‘lmasa! — tezdajavob qaytardik biz.
— Ha, hozirgi yoshlarda.....
— Ana, boshlandi...
Biz Shirin bilan gapgashunchalar berilib ketibmizki.... Keyin avtobus yo‘lovchilarining bir qanchasi qo‘polohangda gapirgan holda, birin-ketin bizni «tarbiyalay»boshladilar. Bu jarayonda biz ham «qarzdor» bo‘lib qolganimiz yo‘q. Kechqurun soat sakkizda kiyinib, biz onam va otam bilan birgalikda yangi qo‘shnimiz eshigini taqillatik.
— Marhamat, kelinglar, — uy egasi shunday deb eshikni ochdi. Oyoqlarim yerga qadalib qoldi. — Ostonada avtobusdagi o‘sha ayol turar, stol usti esa ikkita og‘ir sumkada keltirilgan oziq-ovqat va masalliqlar bilan to‘la edi...
Savollar:
1. Yangi qo‘shni avtobusda Anora va uning dugonasi Shirin bilan uchrashganda, ularning tarbiyalanganligi haqida qanday tasavvurga ega bo‘ldi?
2. Qo‘shni Anoraning oilasi haqida nima deb o‘ylashi mumkin?
3. Tarbiyalangan inson bo‘lish deganda nimani tushunasiz?
4. Sizning fikringizcha bu hodisa nima bilan tugashi mumkin?



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin