Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə2/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI

4

  1. Pеdagogik konfliktologiyaning fan sifatida paydo bo‘lishi

5

  1. Pеdagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi va pedagogik konfliktlarning yuzaga kelish omillari

16

  1. Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: Konfliktogеnlar

31

  1. Nizo, uning mazmuni va turlari.

45

  1. Konflikt signallari.

53

  1. Agressiya va zo’ravonlik haqida tushuncha. Uning mohiyati.

63

  1. Konfliktlivaziyatdag’azabvaqahr.

69

  1. O’qituvchivao’quvchio’rtasidaginizolarningo’zigaxosxususiyatlari.

75

  1. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro`li.

84

  1. Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari.

94

  1. Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni.

108

  1. Muomala madaniyati va to’g’ri muloqot qoidalari.

125

  1. O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari.

151

  1. Konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari.

168

  1. Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usuli.

172

  1. Konfliktda “G`olib-G’olib” strategiyasi va uning amal qilish tamoyillari.

179

  1. Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari.

185

  1. Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi va mediatsiya qoidalari.

195

SEMINAR MASHG’ULOTLARI

205

AMALIY MASHG’ULOTLAR

348

MUSTAQIL TA’LIM MASHG'ULOTLARI

474

GLOSSARIY

477

ILOVALAR

495



MA’RUZALAR

1-mavzu:PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYANING MOHIYATI, OB’EKTI, PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI VA FAN SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI
Reja:

  1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari.

  3. Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.



Tayanch so’z va iboralar: pedagogik konfliktologiya, konflikt, ilmiy-tadqiqot metodlari, konflikt turlari, ijtimoiy konflikt, pedagogik konflikt


ADABIYOTLAR:

  1. Ahmedova M.T.Pedagogikkonfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.

  2. AnsupovA.Ya. Osnovыkonfliktologii. –M.: 1998;

  3. To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.

  4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

  5. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.

  6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

  7. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Uzoq va yaqin tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday nizoga befarq bo‘lmaslik kerak. Doimo ogoh bo‘lish, kelishmovchiliklarning oldini olish hayotda va jamiyatda muvozanat va rivojlanishni ta’minlaydi”.1
Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.
Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?! Har doim ham konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi? Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish ya’ni undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo‘ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o‘rganishi mumkinmi?! kabi savollar butun bir vujudimizni qurshab oladi.
Konfliktologiya, yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko‘pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Ko‘rinib turibdiki, konfliktologiyaning o‘z ichki yo‘nalishlari ko‘p. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘mak beradi. Ammo bu sohadagi tadqiqotlar unchalik ko‘p bo‘lmay, mazkur qo‘llanmani yozishda konfliktologiya asoslari bo‘yicha ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi ba’zi ma’lum manbalarga tayanildi.
AQShning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi. Mayamida tashkil etilgan “Tinchlik ta’limi tadqiqotlari markazi” ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi. Ushbu markazlar asosan konfliktli vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.
Konflikt o‘zi nima? “Konflikt” atamasi “Nizo” tushunchasining dastlabki ekvivalenti sanaladi. Bu fan o‘rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo‘lib, u lotincha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot demakdir. Demak, to‘qnashuv haqida ta’lim berish, ya’ni to‘qnashuv haqidagi fan hisoblanadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin