Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Tana zabonining yetti doirasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə219/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Tana zabonining yetti doirasi:
1. Tashqi ko‘rinish. Sochingiz jingalakmi yoki boshqa rangga bo‘yalganmi? Sochlaringiz orqa tomonga turmak qilinganmi yoki kesilganmi? Egningizda atlasmi yoki shim-kostyummi? Bo‘yalganmisiz yoki o‘sma qo‘yganmisiz? Ro‘moldamisiz yoki ro‘molingiz yo‘qmi? Bo‘yningizda tilla zanjir bormi yoki yo‘qmi? Yoshmisiz yoki yoshi o‘tganmisiz? Mashinadamisiz yoki piyodamisiz? Mana shularning barchasi siz haqingizdagi ma’lumotlarni boshqalarga uzatib turadi. Tashqi ko‘rinish inson haqidagi ma’lum informatsiyani yaqqol namoyon etadi. Tashqi ko‘rinishdan inson moddiy ahvoli, kelib chiqishi, ijtimoiy holati borasidagi ilk ma’lumotlarni darrov qabul qilish mumkin. Masalan, odatda zamonaviy kiyingan, sochlari bo‘yalgan, o‘ziga aro berib yuradigan ayolni siz boshiga ko‘k rangdagi ro‘mol o‘ragan, milliy kiyimda, mungli ahvolda ko‘rsangiz, birinchi qiladigan xulosangiz, “Bu ayol azador bo‘libdi-da” degan xulosaga kelasiz. Ya’ni tashqi ko‘rinish mazkur ayol hayotida kechgan voqealar borasidagi ma’lum axborotni atrofdagilarga tarqatish uchun xizmat qiladi.
2. Vaqt. Vaqt hamda vaqtga bo‘lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki paytni? Siz biror odamni 60 daqiqa kutasizmi, yoki 2 daqiqadan so‘ng, kutmasdan ketib qolasizmi? Yoki, siz o‘zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko‘rib, darrov ro‘parasiga chiqasizmi, yoki uning o‘zi oldingizga kelishini kutib turasizmi? Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so‘rab, o‘zingizni aybdorday his qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz, kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz, kechikkaningiz uchun o‘zingiz hijolatdasiz. Ammo agar kechikib kelgandan so‘ng, uzr ham so‘ramasangiz, demak, siz tarbiyasiz, qo‘rs odamsiz, yoki kutayotgan odamning kekkaygan boshlig‘isiz. Demak, vaqtga munosabat masalasi ham inson xarakterini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin