Mustahkamlash uchun savollar: 1. Jamoadagi konflikt va uni yechimiga olib kelish yo‘llarini aytib o‘ting?
2. O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan kelishmovchilik kelib chiqishiga nima sabab bo‘ladi?
3. Kichik guruhchalarning yuzaga kelishidagi konfliktlar.
4. Jamoadagi konfliktni hal etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. O‘qituvchi va o‘qituvchi munosabatlarida "Ism"ning ahamiyati nimada?
6. O‘qituvchi va o‘quvchi muloqotida nutq texnikasining roli.
7. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kattalar bilan muloqot intonasiyasi necha % axborotga ega ekanligini tasdiqlaganlar va izohlang?
8. Qanday hollarda konfliktga o‘qituvchi sabab bo‘ladi?
9. Muloqotning "noverbal"vositalari va tinglash ko‘nikmasi haqida ma’lumot bering.
10.O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarda uchinchi kishining ta’siri.
11. Rahbar etikasining buzilishi natijasida konfliktlarning yuzaga kelish sabablari.
Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun “Keys” topshirig‘i 1-vaziyat. Dilnozaning uyatchanligini bilib, o‘qituvchi ogohlantirmoqda: — Hozir sendan darsni so‘rayman. Tayyorgarlik ko‘rgin. Sen o‘zing mustaqil uddalay oladigan matn mana. U qizga matn yozilgan kartochkani berdi. Dilnoza uni o‘qishi kerak. Dilnozaning dovdirash holatini yengib, fikrini bir nuqtaga to‘plashga vaqti bor. O‘qituvchi ko‘pchilikka ushbu mavzu bo‘yicha rag‘batlantiruvchi baho qo‘yib bo‘lgan, Dilnozada esa hozircha baho yo‘q. Dilnoza tabiatan juda hayajonlanuvchilardan.
Savollar: 1. Bilimlarni bunday nazorat qilishni tashkil etishning pedagogik qimmati nimada?
2. Pedagog qanday ko‘rsatmalar bermoqda?
3. Ushbu vaziyatda ta’limni tashkil etishning qanday yondashuvi amalga oshirilgan?
5- mavzu: Muomala madaniyati va muloqot qoidalari Reja: 1. Muomala madaniyati va muloqot qoidalari.
2. Muomalada samimiyat.
3. Nayrang va yolg‘onni fosh etish sirlari.
4. Nutqiy mahorat pedagogik konfliktlarni bartaraf etish manbai sifatida.