Munosabat to‘siq(barer)lari – kommunikator va resipient o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan sof psixologik (ruhiy) hodisalar bo‘lib, ular qatoriga kommunikatorni yoqtirmaslik, unga nisbatan ishonchsizlikni ruhan kiritish mumkin bo‘lib, bularning bari uzatilayotgan axborotga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Resipientga kelib tushayotgan har qanday axborot uning xulqi (o‘zini tutishi), fikri, qarashlari va istaklarini to‘liq yoki qisman o‘zgartirish maqsadida u yoki bu ta’sir ko‘rsatish elementiga ega bo‘ladi. Bu ma’noda kommunikativ to‘siq –ishtirokchilar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayonida o‘tkaziladigan begona ruhiy ta’sirdan o‘ziga xos psixologik (ruhiy) himoyalanish shakli deb aytish mumkin. Kommunikatsiyalar teskari aloqa bog‘liqlik mavjud bo‘lgan jarayon sifatida konfliktda kommunikatsiya kanallarini o‘rnatishda:
Kommunikativ jarayon modeli –bu muloqotni tashkil etuvchi komponentlaridir (sub’ekt va ob’ektlari). Odatda ular beshta bo‘ladi: kommunikator – xabar (matn) – kanal – auditoriya (resipient) – teskari aloqa (bog‘liqlik).
1.Kommunikator – axborot uzatayotgan shaxs. Kommunikatorning uch pozitsiyasi:
1) kommunikator ochiqdan-ochiq o‘zini bayon etilayotgan nuqtai nazar tarafdori deb e’lon qiladigan, uning tasdig‘i sifatida turli faktlar keltiradigan holat;
2) chetlashgan pozitsiya – kommunikator o‘zini ko‘ra-bila turib neytral (betaraf) tutadigan holat;
3) yopiq pozitsiya – kommunikator o‘z nuqtai nazari to‘g‘risida fikr bildirmaydigan holat.
2. Xabar (matn) – kommunikatsiya jarayonida uzatiladigan axborot.
Axborot ikki tipli bo‘lishi mumkin – undaydigan va qayd etadigan.
Undaydigan axborot - buyruq, maslahat yoki iltimos ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Stimulyatsiya (rag‘bat) quyidagi turlarga ajratiladi:
1) faollashtirish (aktivizatsiya) – berilgan yo‘nalishda harakat qilishga undash;
2) interdiksiya – istalmagan faoliyat turlarini taqiqlash;
3) barqarorlashtirish (stabilizatsiya) – muayyan o‘zini tutish yoki faoliyat avtonom shakllarining buzilishi.