O‘qituvchining kasbiga xos hislatlari. Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.
O‘qituvchilar jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi muhimki, zamonaviy o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko‘rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?
Ko‘pchilik psixologlar shu bilan birga O‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.
Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, O‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Qoplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbining professiogrammasini yaratilishiga asos bo‘lgan. Professiogramma psixologik nuqtai-nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakterstikasi (aniq birorta kasb-bo‘yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan mazmundagi barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professio grammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchining ixtisoslashgan xarakterstikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o‘qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim hislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berishi lozim.
1.O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:
o‘qituvchi shaxsinig bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.