Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə273/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

7. Kommunikativ qobiliyat - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondoshish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.


Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:


1-vaziyat. Telefon jiringlab qoldi va aloqada siz gaplashishni xohlamagan kishi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Siz o‘zingizni qanday tutasiz?


2-vaziyat. Siz do‘stlaringiz bilan juma kuni kechqurun uchrashishga va’dalashgansiz. Lekin boshqa kimdir qo‘ng‘iroq qilib, siz anchadan buyon ko‘rmoqchi bo‘lgan, lekin o‘zingiz chipta ololmasligingizni bilgan spektaklga tushishni taklif qildi. Bunday holatda nima ish qilasiz?
a) Spektakl uchun vaqt ajratish maqsadida do‘stlaringizga mazam yo‘q, deb aytasiz.
b) O‘sha zahoti teatrga borishdan bosh tortasiz.
v) Spektaklga borish taklifiga hech nima demaysiz, lekin do‘stlar bilan uchrashishga qaror qilasiz.


3-vaziyat. Faraz qiling, siz ko‘chadan qog‘ozga o‘ralgan 50.000 so‘m pul topib oldingiz. Qog‘oz ichida nomi va manzili ko‘rsatilgan tashrif qog‘ozi (vizitka) borligi ma’lum bo‘ldi. Sizning harakatingiz qanday bo‘ladi?


4-vaziyat. Siz matematikadan sinovga tayyorlandingiz. Sinov faqat matematika kursining eng muhim boshlang‘ich uchta bo‘limi bo‘yicha o‘tkazilishi taklif etilgan. Siz universitetga kelgan vaqtda o‘qituvchi sinov matematikaning to‘la kursi bo‘yicha bo‘lishini e’lon qildi. Sizning harakatingiz qanday bo‘ladi?


5-vaziyat. Siz oylik ish haqi 700.000 so‘m bo‘lgan ishga kirdingiz. Ikki oydan keyin ish beruvchi sizga 400.000 so‘m berishga qaror qiladi. Sizning harakatingiz qanday bo‘ladi?


6-vaziyat. Siz informatika o‘qituvchisi, deylik. Darsda, a’lochi o‘quvchilardan biri qator bo‘yicha qog‘oz uzatmoqda. Qog‘ozni tortib olib, tasodifan uni ochasiz va o‘sha o‘quvchining sinfdosh qizga atab yozgan she’riga ko‘zingiz tushadi. Sizning navbatdagi harakatingiz qanday bo‘ladi?



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin