Pedagogik-psixologik muloqotdagi shaxsga bog‘liq to‘siqlar va uni bartaraf etish yo‘llari
Ongiy noto‘g‘ri to‘siqlar Tafakkur.
Xato o‘ylash.
Bir-biriga noto‘g‘ri munosabat.
Qiziqishning yo‘qligi.
Haqiqatni mensimaslik.
His-tuyg‘ular va emotsiya Qo‘rquv tuyg‘usi.
Iztirob tuyg‘usi.
Yomon kayfiyat.
Nafrat, jirkanish.
Munosabatni zaruratini to‘liq anlamaslik.
Nutq.
Pedagogik-psixologik muloqotdagi shaxsga bog‘liq to‘siqlar bola ruhiyatiga va o‘zaro munosabatlariga ta’sir etishi qayd etilgan (9-rasm).
9-rasm. Shaxsning muloqot davridagi to‘siqlar
Ongiy noto‘g‘ri to‘siqlar
Darsda salbiy holatlar yuz bermasligi uchun o‘quvchilarni pedagogik-psixologik munosabatlarini chuqur o‘rganish, ulardagi bir-biriga bo‘lgan muomala va madaniyatni to‘g‘ri tashkil etish zarur.
Munosabatlarning yomonlashuvi darsda boshqa o‘quvchilarga salbiy ta’sir etadi. Natijada bu holatlar darsning borishi, mashg‘ulotlarning o‘tilishi va ta’siri boshqa bolalar uchun qiziqish uyg‘otmaydi. Bu holatlarni oldini olish maqsadida hamma o‘quvchilar uchun bir xillik bo‘lish ya’ni, barcha bolalarga nisbatan bir xil muomala va e’tibor qilish muhim. Chunki ba’zida bolalar o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi muomala va munosabatlarga ko‘proq e’tibor qaratadilar. Menga boshqacha muomala va munosabatda, boshqa bolalarga yaxshi munosabatda, chunki u yaxshi o‘qiydi, oilaviy sharoiti yaxshi - degan mazmundagi gap-so‘zlar bola miyasiga o‘tirib qoladi. Uning psixikasiga ya’ni ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Shuning uchun o‘qituvchi oq-qorani tanigan holda, bolalarni jerikmasdan, pala-partish, kiyimlari kirroq bolalardan jirkanmasdan, ularni ozodalikka va odobga chaqirishlari zarur.
Pedagogik-psixologik muloqotdagi shaxsga bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etishda, shaxsning muloqot davridagi to‘siqlar va ongiy noto‘g‘ri to‘siqlar paydo bo‘lmasligini ta’minlashlari kerak. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan barcha bandlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, bola ruhiyatini qiynamagan holda, ularni bu vaziyatdan olib chiqishga yordam berishlari chuqur ahamiyat kasb etadi. Sinfda bolalar 3 guruhga bo‘linadi (10-rasm).
.
10-rasm. Dars intizomiga salbiy ta’sir etuvchi o‘quvchilar ongiy noto‘g‘ri rivojlanib, ulardagi emotsional holatlar munosabatlarning zaruratini to‘liq anglamaydi. Darsda tinch o‘tirolmaydi, o‘qituvchining va o‘rtoqlarining asabiga tega boshlaydi. Natijada dars buziladi, o‘qituvchining ko‘proq vaqti bolalarni tinchlantirishga ketadi. Bu holat boshqa bolalar asabiga tegib, darsdan to‘liq qoniqa olmaydilar. Aktiv o‘quvchini yaxshi o‘qiydigan, intizomli deb, ijobiy baholadik; -passiv o‘quvchini aralash turiga kiritdik; sust ya’ni past o‘qiydigan, xulqi ham yaxshi emas o‘quvchilar toyifasiga kiritib salbiy baholadik.