Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Pedagogik vaziyatli masalalarni yechishga



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə315/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

Pedagogik vaziyatli masalalarni yechishga
qaratilgan – keyslar

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Vazirlar Mahkamasi 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi “2016 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi” ma’ruzasida mamlakatimizda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, respublika ijtimoiy hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirish hamda yoshlarni mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashga keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish; iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatni puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh mutaxassislarni tarbiyalashga ko‘maklashish; yoshlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish masalalariga katta urg‘u berilgan.


Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2015 yil 28-maydagi «Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» qabul qilgan Qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub (“Case-study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, «amaliy o‘yin», interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) va axborot –
kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilishiga urg‘u berilgan.
Amaliy yo‘naltirilgan, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlovchi uslublar o‘z xususiyatlariga ko‘ra innovatsion hisoblanadi. Ularga: tashkiliy-faoliyatli o‘yinlar (TFO‘), ishchan va rolli o‘yinlar, personallarning muloqoti, ijodiy ishlar, psixotexnika, roli trening, “Case-study” va boshqalar kiradi. “Case-study” – aniq iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarning tavsifidan foydalangan holda o‘qituvchilarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish texnikasidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar mustaqil fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila oladigan bunday vaziyatlarni to‘g‘ri baholab, ulardan chiqib keta oladigan, sifatlarga ega bo‘lishlari zarur.
Yoshlarda ana shunday sifatlarni o‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik vaziyatli masalalarni yechishga qaratilgan – keyslardan foydalanilgan mashg‘ulotlarda shakllantirish va rivojlantirish mumkin.
Keys — biror tashkilotdagi qandaydir aniq real vaziyatning yozma tavsifidir. Undan foydalanish mobaynida talabalardan vaziyatni tahlil qilish, muammoning mohiyatini ko‘rib chiqish, mumkin bo‘lgan variantlarni taklif etish va ulardan eng maqbulini tanlash so‘raladi.
Vaziyat — voqealar to‘plami boshlanishini insonning qabul qilishi va faoliyatiga ochiladigan hayotiy sharoit va holatlari o‘tishining bir amalligi va takrorlanmasligidir.
Pedagogik vaziyat – tarbiyachi o‘zining kundalik hayotida duch kelgan va yechim talab etiladigan pedagogik masalalarni tug‘dirgan dalil, hayotiy tarixdir. Bir xil pedagogik vaziyatlar ko‘p uchraydi, ular talabalarning harakatlarini tahlil etish jarayonida pedagogik masalalarni tezlikda ifodalash, ularni yechish va bu vaziyatlarni yo‘q qilish imkoniyatini beradi. Boshqa turdagi vaziyatlar kam uchraydigan murakkab, takrorlanmaydigan, o‘zining yechimi uchun uzoq vaqt talab etadigan, ba’zan esa, umuman yechilmaydigan vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
“Case-study”ning asosiy maqsadi – turli vaziyatli, shu jumladan, pedagogik vaziyatli masalalarni hal qilish mobaynida o‘quvchilarning konseptual sxema va modellaridan amaliy foydalanish malakalarini, shuningdek, muammolarni guruhiy tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ishlab chiqarish orqali bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir.

Sase-study” uslubi ta’lim texnologiyasi sifatida


“Sase-study” uslubidan o‘qitishning kasbga yo‘naltirilgan texnologiyasi sifatida foydalanish algoritmlash qiyin bo‘lgan murakkab jarayon hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, uni rasman quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:


- talabalarni keys matni bilan tanishtirish;
- keysni tahlil qilish;
- keysni muhokama qilish, munozara, taqdimot;
- munozara ishtirokchilarini baholash;
- munozarani yakunlash.
Talabalarni keys matni bilan tanishtirish va keysning navbatdagi tahlili, ko‘pincha, uning muhokamasidan bir necha kun oldin amalga oshiriladi va talabalarning mustaqil ishi kabi joriy etiladi; bunda tayyorgarlikka ajratilgan vaqt keysning turi, uning hajmi va murakkablik darajasiga ko‘ra aniqlanadi.
Ushbu bosqichda keys bilan umumiy ishlash sxemasini quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: dastlab keysning asosiy muammolarini aniqlash va yechish uchun taqdim etilganlarning qaysi birlari muhimligini tushunish; keysning vaziyatli kontekstiga kirish, uning asosiy ta’sir etadigan (harakatdagi) shaxslari kimligini aniqlash, tahlil uchun zarur dalillar va tushunchalarni ajratish, masalani yechish mobaynida qanday qiyinchiliklar paydo bo‘lishini tushunish; keyingi bosqich tadqiqot uslubini tanlashdan iborat. Uncha katta bo‘lmagan keyslarning muhokamalari o‘quv jarayoniga kiritilishi va talabalar ular bilan bevosita dars davomida tanishishlari mumkin. Bunday holda, eng muhimi, keys o‘tkazilishi rejalashtirilgan kursning nazariy qismi talabalar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lishidir. Agar talabalar keyslar bilan dastlabki tanishishda ularning tahliliga tizimli yondashsalar, u holda keyslar ustida ishlash yuqori samara beradi.
Keysni yechish mobaynida quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish mumkin:
1. Keysni tahlil etishda foydalanish uchun nazariy konsepsiya va yondashuvlarni yodga tushirish maqsadida o‘quv predmetining mos bo‘limlaridan tayanch g‘oyalarni yozib chiqish.
2. Keys haqida umumiy tasavvur olish uchun uni tez o‘qib chiqish.
3. Keysga qo‘yilgan savollarni diqqat bilan o‘qib chiqish va savollar tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilish.
4. Qo‘yilgan savollarga aloqasi bo‘lgan barcha omillar yoki muammolarni diqqat bilan belgilangan holda keys matnini qayta o‘qib chiqish.
5. Keys bilan ishlaganda, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan g‘oya va konsepsiyalar muammolar bilan qanday munosabatda ekanligini o‘ylab ko‘rish.
Keyslar bilan ishlashning umumiy qoidasi – “chegaradan tashqaridagi” axborotdan foydalanish mumkin emas !!! Masalan, agar talaba vazifada berilgan ta’lim muassasasi haqida gazetada o‘qigan bo‘lsa, u holda bu dalillardan foydalanish mumkin emas, chunki qaror qabul qiluvchi menejer o‘rnidagi talaba vaziyatni modellashtiradi va faqat vazifada berilgan ma’lumotlarga egadir. Ba’zan aksincha, ya’ni talabaga aniq bozor vaziyatlaridan olingan dalillarni qo‘shish imkoniyati beriladi. Bunday hollarda talabaning aql-zakovati va materialning egallaganligi e’tiborga olinishi zarur.
Keysni muhokama qilish talabalar oldiga savollar qo‘yishni, ularni bahs-munozaraga tortishni ko‘zda tutadi. Savollar avvaldan tayyorlanadi va talabalarga keys matni bilan birgalikda beriladi.
Vaziyatni ishlab chiqishda o‘qituvchi faol va passiv holatni egallashi mumkin, ba’zan esa, ishlab chiqishning “dirijyori”, ba’zan bahs-munozaraning yakuni bilan chegaralanishi mumkin. Keysning muhokamasini tashkil etishda, odatda, ikki uslubdan foydalaniladi. Birinchisi, an’anaviy Garvard uslubi deyilsa, ikkinchisi esa, uning borishida talabalar vaziyatni rasmiy holda og‘zaki baholaydigan va tavsiya etilgan keysning tahlilini, o‘zlarining yechimlarini va tavsiyalarini va boshqacha aytganda - taqdimotlarini taklif etadigan shaxsiy yoki jamoaviy so‘rovlardan iborat uslubdir.
Sase-study” uslubida bahs-munozara markaziy o‘rinni egallaydi. Undan, odatda, talabalar yetarli darajada bilim olgan va mustaqil fikrlashga erishgan, o‘zlarining fikrlarini asoslaydigan, isbotlay oladigan paytlarida foydalanish maqsadga muvofiq. Bahs-munozarada “Aqliy hujum”dan foydalanish alohida o‘rin tutadi. Bu uslub uchta fazadan iborat: birinchi faza, psixologik tortinchoqlikdan, eskilikdan, kulgiga qolishdan, muvaffaqiyatsiz likdan va qo‘rquv holatidan qutulish; bu fazaning asosiy vazifasi – talabalarni tinchlantirish va o‘zini erkin tutishga imkoniyat berish. Ikkinchi faza - bu hujum. Bu fazada o‘quvchilarning turli-tuman g‘oyalari o‘rtasida to‘qnashuv hosil etiladi. Uchinchi fazada - muammolarning muqobil yechimlarini topish maqsadida taklif etilgan g‘oyalar munozara orqali ijodiy tahlil qilinadi.
Taqdimot yoki natijalarni taqdim etish “Sase-study” uslubining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Rasman keysdan foydalanib, mashg‘ulot olib borayotgan o‘qituvchi o‘qitishning muqobil ketma-ketligini ikki qismda: mashg‘ulotga tayyorgarlik (talabalarga uyga vazifa berish, vazifani bajarish muddatini aniqlash, talabalarni baholash tizimi bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarning texnologik modelini aniqlash, maslahatlar o‘tkazish) va auditoriyada vaziyat ustida ishlash (o‘qituvchining kirish so‘zi; asosiy masalani qo‘yish, talabalarni kichik guruhlarga (4-6 nafardan) ajratish, talabalarning kichik guruhlardagi ishlarini tashkil etish va ma’ruzachilarni aniqlash, kichik guruhlardagi qarorlarning taqdimotlarini tashkil etish, umumiy munozarani tashkil etish, o‘qituvchining umumlashtiruv jarayonidagi chiqishi; uning vaziyatni tahlil qilishi, o‘qituvchi tomonidan talabalarni baholashi) kabilarni o‘tkazishi mumkin.
Keys o‘qituvchiga o‘qitishning ixtiyoriy bosqichida va turli maqsad (predmetni o‘qitishda, imtihon va sinov o‘tkazishda, mustaqil ishlarni tashkil etishda va hokazo)larda foydalanish imkoniyatini beradi.
Keys – uslubi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha talabalarning bilimini sinashga mo‘ljallangan bo‘lib, undan rejalashtirilgan imtihon va sinovlarda ham foydalanish mumkin. O‘tkaziladigan imtihon (yoki sinov) oldidan talabalarga keys-vazifa uyga vazifa sifatida berilishi mumkin. Bunday holda, talabalar uyda taqdim etilgan keys-vazifani sinchiklab tahlil etishi va unda berilgan vaziyatga qo‘yilgan savollarga mos javoblarni yozgan holda o‘qituvchiga hisobot ko‘rinishida topshirishi lozim.



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin